Indoneziyada suv toshqini oqibatida 86 kishi halok bo‘ldi 

  • 13:40 / 06.04.2021
  • 91

Indoneziya va Sharqiy Timor hududida kuzatilayotgan suv toshqinlari va ko‘chki natijasida 86 kishi halok bo‘ldi, yuzlab olamlar bedarak yo‘qolgan, mingdan ortiq odam yashash joyidan evakuatsiya qilingan. Suv sharqiy hududdagi butun boshli qishloqlarni yuvib ketgan. 

Suv toshqini va ko‘chki kuchli jala quyishi natijasida kelib chiqqan. Oqim ko‘prik hamda yo‘llarni ham yo‘q qilgan. Shu sababli qutqaruvchilarning jabrlanganlar yoniga yetib olishlari qiyinlashib ketgan. 

Mamlakat prezidenti Joko Vidodo qurbon bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Hukumat vakillari toshqin tufayli halok bo‘lgan odamlarning oilalariga 15 million Indoneziya rupiyi (taxminan 1000 AQSh dollari) miqdorida badal to‘lashga va’da bermoqda.