Inson 150 yoshga kirishi mumkinmi?

  • 13:51 / 25.08.2019
  • 857

Yurtimizda oʻrtacha umr koʻrish yoshi, taxminan 72-74 yoshni tashkil qiladi. Aslida bu yomon koʻrsatkich emas. Har holda Markaziy Afrika Respublikasiga nisbatan ancha yaxshi. U yerda oʻrtacha yosh 45 yoshni tashkil etadi. Biroq savol tugʻiladi — agar sogʻlom turmush tarziga alohida eʼtibor qaratilsa, inson 150 yil yashay oladimi? 

Ilgari insonlar necha yil yashashgan?

Agar siz sayyoradagi oʻrtacha umr koʻrish ko‘rsatkichlari bilan qiziqsangiz, yildan-yilga insonning umr koʻrish davomiyligi ortayotganlgini ko‘rishingiz mumkin.

 Ushbu hodisa tibbiyot, ta’lim va madaniyatning oshishi bilan bogʻliqligi barchaga maʼlum. Keksalikni qadimgi yunonliklar va rimliklar 29 yosh deb hisoblashgan. Oʻrta asr shaharlari aholisi esa 33 yoshda nafaqaga chiqishgan va keksalikning boshlanishi shu yoshdan hisoblangan. Gap shundaki, bu qaygʻuli statistika XIX asrga qadar davom etgan. Texnologiya va murakkab fanlarning rivojlanishi tufayli insonning oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi oshdi. Bu insoniyat turmush tarzidagi muhim burilish nuqtasi boʻldi. Shunda oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi deyarli 2 barobarga koʻpaydi, ya’ni 34 yoshdan 65 yoshgacha.

XXI asr farzandlari 150 yil yashashi mumkin

Biolog va genetiklarning fikriga koʻra, inson hayotining davomiyligi 150 yilgacha boʻlish ehtimoli bor. Makgill  universitetining professor biologi Zigfrid Xekimi XXI asrda tugʻilganlarning aksariyati 150 yoshga kirishi ehtimoli yuqori va buning uchun hech qanday harakat talab etilmaydi, deb hisoblaydi. Xekimi oʻz tadqiqotida oʻtgan asrda emlash, oziq-ovqat xavfsizligi, gigiena, stressning umumiy qisqarishi va ogʻir jismoniy ish bilan bogʻliq boʻlgan muammolar kabilar insonning uzoq yillar yashashi uchun katta ta’sir koʻrsatganligini taʼkidlab oʻtgan. Hozirda bu kabi muammolar deyarli uchramaydi. Olib borilayotgan harakatlar insonni uzoq va sogʻlom yashashiga hizmat qiladi.

Teglar