Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston va Turkiya milliy institutlari oʻrtasida Memorandum imzolandi

  • 16:13 / 08.10.2019
  • 324

Foto: Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi

Poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Inson huquqlari boʻyicha mustaqil doimiy komissiyasining “Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yoʻlida yoshlar huquqlarini ragʻbatlantirish va himoya qilishning ahamiyati” mavzusidagi oltinchi yillik seminari doirasida 7-oktabr kuni yana bir rasmiy marosim tashkil etildi.

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov bilan Turkiya Inson huquqlari va tenglik instituti raisi Suleyman Arslan ushbu ikki tashkilot oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish toʻgʻrisida Memorandum imzoladilar.

Maʼlumot uchun: IHT Inson huquqlari boʻyicha mustaqil doimiy komissiyasining raisi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov shu yil 29-30-aprel kunlari oilalar himoyasi huquqiga bagʻishlab Anqara shahrida tashkil etilgan simpoziumda ishtirok etgandi. Tomonlar oʻshanda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan Turkiya Inson huquqlari va tenglik instituti oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish toʻgʻrisida kelishib olgan edi.