Insoniyatning global muammolarini hal qilishga yordam beradigan startaplar

  • 19:28 / 04.12.2019
  • 138

Bugungi kunda har qanday biznes loyihaning asosiy vazifasi – insoniyat muammolarini hal qilishdir. Bu safar sizga ulardan eng qiziqarlilari haqida ma’lumot beramiz.

SustainEarth Energy Solution

Технологии 1

Hindistondagi aksariyat oilalar ovqat tayyorlash uchun olovdan foydalanishadi. Dehlida uchta universitet bitiruvchisi biogaz qurilmasini yaratdi. Uning yordamida maishiy gaz olish mumkin. Bunda qoramoldan olingan go‘ng gaz ishlab chiqarishda asosiy xomashyo sifatida ishlatiladi.

Hozirgi vaqtda kompaniya vakillari monitoringni yo‘lga qo‘ydilar. Buning natijasida ular o‘z qurilmalariga bo‘lgan talab darajasini aniqlashlari mumkin. Bundan tashqari, qurilmani o‘rnatish va maslahat olish bo‘yicha professional yordam ko‘rsatiladi. Bir marta o‘rnatilgan qurilma 10 yilgacha xizmat qilishi mumkin.

QI Inkubator

Технологии 2

Farmasevt Li Kvan Afrikada ocharchilikka qarshi chora ko‘rishga qaror qildi va fermer xo‘jaligida go‘sht o‘rnini bosadigan turli xil qurtlarni ishlab chiqardi. Shunday qilib, u Afrikada yuqori sifatli protein yetishmasligi muammosini hal qildi.

Oziq-ovqatga muhtoj bo‘lgan har bir oila o‘z uyidagi inkubatorlarda qurtlarni ko‘paytirishi mumkin. Aytish kerakki, bugungi kunda ushbu ixtiro Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan. O‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab Rossiyada qurti bor inkubatorlarni sotib olish mumkin edi. Ularning narxi, taxminan, 75 yevroga teng.

Freight Farms

Технологии 4

Ushbu loyiha yilning istalgan vaqtida va har qanday joyda sabzavot yetishtirishga imkon beradi. Har bir idishga gidroponik birliklar o‘rnatilgan. Idishlarning ichiga LED lampalar qo‘yilgan bo‘lib, issiqxonadagi haroratni sozlashi mumkin. Shuningdek, agar zarur bo‘lsa, idishni qismlarga ajratish va boshqa joyga o‘tkazish mumkin.

Okeanni tozalash

Технологии 5

Ushbu tizim okeanlardagi chiqindilarni yig‘ish imkonini beradi. U 600 metr uzunlikdagi qurilma bo‘lib, unga chiqindi yig‘adigan tarmoq ulangan.