“Instagram”da eng ko‘p uchraydigan sportchilar

  • 09:25 / 23.12.2014
  • 3969

Sportchilarning quyida keltirilgan suratlari “Instagram”dagi eng ommabop akkauntlar yuztaligidan o‘rin olgan. Keltirilgan suratlarning hammasi 2014 yilda e'lon qilingan. 

“Instagram”dagi eng ommalashgan akkauntlar yuztaligida sportchilar ko‘p emas — bor-yo‘g‘i 9 nafar. Reytingda hammadan yuqorida Neymar turibdi. 

13. Neymar (12970608 obunachi)

Yosh Neymar va Pele.

Neymar va uning yaqin do‘sti Xalk.

Neymar turli ziyofatu kechalarga ko‘p boradi. Shunday kechalardan birida u Peris Xiltonni uchratib qoldi. 

Neymar iti bilan. Iti butun “Instagram”ga yoqib qoldi.

18. Krishtianu Ronaldu (9935084 obunachi)

Krishtianu bu suratni Mandelaning qarindoshlari va yaqinlariga ta'ziya so‘zlarini yozib, e'lon qildi.

Krishtianu va Portugaliya terma jamoasi selfisi.

Bu suratdan keyin Gannibal Lekter haqida ko‘plab hazillar “Instagram”ni “portlatdi”.

Floyd Meyveyzer va Krishtianu. Floyd — yillik daromadi portugaliyaliknikidan oshadigan kam sonli sportchilardan biri. Bitta suratga bu pul ko‘plik qiladi.

Ronaldu iste'dodli sportchigina emas, yaxshi ota ham.

25. Lionel Messi (8263776 obunachi)

Messi “Instagram”dan kam foydalanadi. Biz bittasini tanladik — Lionel va uning oilasi.

27. LeBron Jyeyms (7855727 obunachi)

Bu suratni LeBron akkauntida e'lon qilganda, burni jarohatlangandi. Muxlislar esa uni komiksdagi yovuz qahramon — Beyn niqobida tasvirlab, art tayyorlashdi. 

Bu surat e'lon qilingandan keyin Klivlend hayratga tushdi. Jyeyms o‘zining qadrdon jamoasi — “Klivlend Kavalers”ga qaytayotganini rasman tasdiqladi.

LeBron har doim atletlarga xos kuchi bilan mashhur bo‘lgan, biroq bunga mashaqqatli mashg‘ulotlar yordamida erishgan.

40. Xames Rodriges (5632949 obunachi)

Xames JCh-2014dagi eng yaxshi o‘yinchisi sifatida olgan uchta mukofot bilan.

Xames va Novak Jokovich. 

46. David Luiz (5479752 obunachi)

Tilini chiqarish — Davidning odati. Zlatan Ibragimovichni tug‘ilgan kuni bilan ham shunday tabriklagan.

David muxlisi bilan. Yana tilini chiqaryapti. 

64. Floyd Meyveyzer (4553256 obunachi)

Floyd juda ko‘p pul topadi. Bu haqda “Instagram”da gapirishdan uyalmaydi.

Floyd shunchalik zo‘rki, uni jangga “Instagram”ning eng mashhur odami — Jastin Biber olib chiqyapti. 

Meyveyzer repni juda yaxshi ko‘radi, shuning uchun musiqachilar bilan suratga tushish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmaydi. Bu suratda Floyd mashhur reperlar — 2 Chainz (chapdan) va Rick Ross (o‘ngdan) bilan turibdi. 

76. Kevin Dyurent (4074688 obunachi)

Allen Ayverson va Kevin Dyurent. Milliy basketbol assotsiatsiyasining o‘tmishi va kelajagi.

MBAning bosh sersoqoli — Jyeyms Xardenga parodiya. 

78. Garet Beyl (3922400 obunachi)

Bu suratdagi 16 barmoq “Real Madrid”ning ketma-ket erishgan 16 g‘alabasi timsoli.

Teglar