Intel noutbuklar uchun yangi “stiker”yaratdi

  • 17:23 / 09.08.2019
  • 152

Bu yil Intel protsessoriga ega noutbuklarda yangi stiker paydo bo‘ladi. U kompyuter akkumulyatori 9 soat davomida ishlash uchun yetarli bo‘lishini tasdiqlaydi. Xususan, bunday model ikki soniyada uyqu rejimidan chiqadi, ishlash quvvati quvvatlagichdan o‘chirilganida ham pasaymaydi. Bu haqda Verge xabar bermoqda.

Yangi stiker quyidagi ko‘rinishda:

Intel стикер

Intel buni noutbuk haqiqatan ham zamonaviy va mobil ekanini aniqlash imkonini beruvchi oddiy vizual yechim sifatida ko‘rsatmoqda.

Gap noutbukalardagi yopishqoq qog‘ozlarning o‘zidagina emas. Bunday belgilar texnika qutisi, ishlab chiqaruvchilar sayti va internet do‘konlarida paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Intel yangi standartga mos bo‘lish uchun 9 soat davomida qanday rejimda ishlashi kerakligi haqida aniq ko‘rsatmalar berilmagan.

Teglar