Intel smartfoni PK planshetiga joylashadi  

  • 10:58 / 22.02.2020
  • 152

Intel buklama displeyli yig‘ma smartfonga patent oldi. Mobil telefon ekranlarining o‘ta nozik qirralari bilan  katta planshet kompyuterga joylashadi.
  
2019-yilning boshida LetsGoDigital buklanuvchi Intel smartfoni haqida ma’lum qilgan edi. Oradan bir necha oy o‘tgandan keyin Intel’ning mobil innovatsiyalar bo‘yicha bosh menejeri Joshua D. Nyuman Yaponiyada bergan intervyusida PK uchun  mikroprosyessorlar ishlab chiqaruvchi amerikalik mutaxassislar buklanuvchi texnologiyalar bilan shug‘ullanishini, Intel haqiqatdan ham egiluvchan displeyli noutbuklar yaqin ikki yil ichida taqdim etishini ma’lum qildi.
   
CES-2020 vaqtida Intel buklanuvchi PKning Intel Horseshoe Bend deb nomlanuvchi prototipini ilk bor namoyish etdi. Bu mahsulot ularning Tiger Rapids va Twin Rivers deb nomlanuvchi dastlabki prototiplariga asoslanib yaratilgan. Bu safar yagona ulkan 17,3 dyuymli buklanuvchan OLED-ekranga ega konseptual noutbuk taqdim etildi. 

Horseshoe Bend gibrid noutbuki tik tutuvchi tayanchga ega. Intel, shuningdek, kelajakda noutbuk bilan birga foydalanish mumkin bo‘lgan klaviatura maketini (ishlamaydigan) ham namoyish etdi. Klaviatura ekranga magnit yordamida yopishtirilishi mumkin. Bunda foydalanuvchiga noutbuk ekranining 12,5 dyuymi qoladi. Shu tariqa ham moddiy ham virtual klaviaturadan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi. Buklanuvchi noutbuk, shuningdek, stilus ko‘magini ham taklif qiladi. Albatta, Horseshoe Bend Intel protsessori bilan ta’minlangan-ki, unda, yangi Tiger Lake mobil chipslari bilan bemalol ishlash mumkin. 

Teglar