Internet tezligi bo‘yicha reyting: O‘zbekiston hamon quyi o‘rinlarda

  • 08:40 / 18.03.2019
  • 2498

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi 2019 yil fevral oyi yakunlari bo‘yicha jahonda mobil va simli internet tezligi haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e'lon qildi.

O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini biroz yaxshilagan, ammo hali ham quyi o‘rinlarda:

mamlakat mobil internet tezligi bo‘yicha ikki pozitsiyaga ko‘tarildi va 136,75 Mbit/s. tezlik bilan 126-o‘rinni egalladi;

simli internet tezligi bo‘yicha 11,68 Mbit/s. tezlik bilan 177 davlat orasida 130-o‘rindan joy oldi.

Norvegiya (67,34 Mbit/s.) mobil internet tezligi, Singapur (195,36 Mbit/s.) simli internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.

Speedtest servisdan o‘z ulanishi tezligini tekshirishda foydalanuvchi shaxslardan olingan ma'lumotlar asosida tezlikni hisoblab chiqaradi hamda reytingni shakllantiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yanvar oyi yakunlari bo‘yicha internet tezligi reytingida keskin pastlagandi.

Teglar