Internet va smartfon xotiramizga qanday ta’sir qiladi?

  • 11:58 / 25.12.2019
  • 815

Bugungi zamonda telefon ishlatmaydigan odamni tasavvur qilish qiyin. Bu qurilma yordamida internet orqali ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lamiz, yaqinlarimiz bilan suhbatlashamiz, qiziqarli joylarni suratga olamiz va shu kabi o‘zimiz uchun yoqimli mashg‘ulotlar bilan band bo‘lamiz. Har narsaning yaxshi va yomon tomoni bo‘lgani kabi, mobil aloqa vositasining ham insoniyat uchun zararli oqibatlari bor. Ma’lum bo‘lishicha, bunday texnologiyalar eslab qolish qobiliyatimizni susaytirar ekan.

человек со смартфоном

Bu, birinchi navbatda, ma’lumotlarning qurilmamizda mavjudligi bilan bog‘liq. Biz istagan ma’lumotni mobil aloqa vositasidan istalgan vaqtda topishimiz mumkinligini bilganimizda, uni eslab qolish uchun rag‘bat yo‘qoladi. Bu “raqamli amneziya” deyiladi. Ya’ni, biz manbalarni yaxshi eslaymiz, lekin ma’lumotlarni emas.

Shunga o‘xshash holat fotosurat bilan bog‘liq. Masalan, xotirangizda, aniqrog‘i telefoningiz xotirasida biror voqeani saqlash uchun shunchaki rasmga olasiz. Keling, yaxshisi buni tajriba orqali tushunib olamiz. Bu qiziqarli tajribada ikki guruhdan iborat ko‘ngillilar muzeyga borishdi. Birinchi guruh eksponatlarning bir qismini suratga olishlari mumkin, ikkinchi guruh esa faqat tomosha qilish bilan cheklangan. Natijada, muzeyga smartfonsiz tashrif buyurganlar rasmlar va haykallarni yaxshiroq yodda qoldirgan. Suratga olganlar esa rasmga olmagan eksponatlarini esda saqlagan, xolos.

человек со смартфоном

Texnologik evolyutsiya natijasida bizning xotiramiz zaiflashadi. Biroq bu jarayonga qandaydir tarzda ta’sir qilish mumkinmi? Ma’lum bo‘lishicha, bizning xotiramiz neyron aloqalar to‘plamidir. Nerv zanjiri odam yangi ma’lumot olganida paydo bo‘ladi. Agar ma’lumot takrorlansa, u holda neyron aloqasi mustahkamlanadi. Xotirani mustahkamlashning eng yaxshi usuli – bu yangi neyron aylanishlarini yaratish va eskilarini mustahkamlash.

человек со смартфоном

Buni amalga oshirish juda qiyin emas. Yangisini yaratish uchun uyga g‘ayrioddiy yo‘l bilan borish yoki ertalabki rejani biroz boshqacha usulda bajarish kifoya. Eski asab zanjirlarini mustahkamlash uchun vaqti-vaqti bilan o‘zingizning shaxsiy ma’lumotlaringizni eslab turishga harakat qiling, masalan, tug‘ilgan kunlar, qiziqarli ma’lumotlar. Mashg‘ulotlarni kuniga 15 daqiqa qaytaring. Tez orada natijani ko‘rishingizga aminmiz.