Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Vashingtonda Islom taraqqiyot banki Prezidenti B.Hajar bilan uchrashuv o‘tkazdi

  • 16:53 / 20.10.2019
  • 84

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Joriy yil Vashingtonda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti B.Hajar va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasining (XSRIK) ijrochi rahbari bilan uchrashdi, deya Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonning joriy yil Islom taraqqiyot bankining barcha institutlari a’zosi bo‘lganini hisobga olganda ishtirokchilar ITB guruhi bilan strategik hamkorlik sur’ati nihoyatda yuqori ekanligi bilan ajralib turishi haqida yakdil fikr bildirdilar. Bu esa 2019-2022-yillarda O‘zbekiston bilan hamkorlik Strategiyasi doirasida mazkur moliya institutining ulkan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishda ishtirokini kengaytirish imkonini beradi.

Konstruktiv muloqotda aloqalarning dolzarb nuqtasi, shu jumladan, O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha dasturda Islom taraqqiyot bankining Arab Muvofiqlashtiruvchi guruhi jamg‘armalari bilan qo‘shma ishtiroki istiqbollari masalasi ham muhokama etildi.

Shuningdek, avtomobil yo‘llarini qurish, tibbiyot markazlari va klinikalarni texnologik jihozlash hamda aholining turmush sharoitini kompleks yaxshilash sohalaridagi istiqbolli loyihalar ro‘yxati ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, ITB rahbariyati muhokama etilgan vazifalarning iqtisodiy tamoyillarini o‘rganish uchun joriy yilning o‘zida missiyani yuborishga tayyor ekanligini bildirdi.