Inzagi: “Anchelottining jamoalari yuqori saviyali”

  • 21:57 / 14.09.2021
  • 58

“Inter” bosh murabbiyi Simone Inzagi Chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi turidan oʻrin olgan “Real”ga qarshi oʻyin oldidan fikr bildirdi.

“Real Madrid” — ajoyib uyushgan jamoa. Zidan murabbiyligida, ular Ispaniya va Yevropada hammani magʻlub etishga muvaffaq boʻlishdi.

Karlo Anchelotti ham yaxshi hujumkor futbol namoyish etadi. Uning jamoalari ham yuqori saviyada uyushgan. Biz gol oʻtkazib yubormaslikka harakat qilamiz.

Karlo Anchelotti — dunyodagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri. U bilan futbolni muhokama qilish men uchun haqiqiy baxt”, - deya fikr bildirdi “neradzurri” bosh murabbiyi.

Eslatib oʻtish mumkin, “Inter” “Real” uchrashuvi ertaga, 15-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:00da Italiyadagi “Juzeppe Meatsa” oʻyingohida boʻlib oʻtadi.