“Ipak yo‘lidagi turizm”: 25-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

  • 16:07 / 09.10.2019
  • 93

Foto: gazeta.ru

13-15-noyabr kunlari poytaxtda TITF-2019 25-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi – “Ipak yo‘lidagi turizm” bo‘lib o‘tadi. 

Uzbekistan travel bergan ma‘lumotlarga ko‘ra, TITF – bu turistik mahsulotni ilgari surish va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun eng samarali axborot platformasi.

Ko‘rgazma dunyoning yetakchi mutaxassislari bilan tajriba almashish, turizmning dolzarb muammolarini muhokama qilish, yangi yo‘nalishlarni namoyish etish imkonini beradi. Yetakchi mutaxassislar narx siyosatini e’lon qiladilar, mavjud turizm muammolarini muhokama qiladilar va yangi yo‘nalishlarni ochadilar.

O‘zbekistondagi TITF 1994-yildan buyon Buyuk Ipak yo‘li transkontinental loyihasini amalga oshirish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO) tomonidan rasmiy ravishda qo‘llab-quvvatlanmoqda.