Iroqda internetdan foydalanish to‘xtatiladi 

  • 11:47 / 07.10.2019
  • 283

Iroq tashqi ishlar vazirligi yakshanba kuni kechqurun mamlakatda internet tarmog‘i va Bag‘doddagi “yashil” yo‘lak faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qildi. “INA” agentligi xabarida sabablarga aniqlik kiritilmagan.

Bugun Iroq poytaxtiga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan keladi. 

Poytaxt va yirik shaharlar aholisi so‘nggi besh kun ichida ilk marta ko‘chaga chiqish imkoniga ega bo‘lgan. 

Axborot manbalariga ko‘ra, namoyishlar vaqtincha to‘xtagan, maktablar ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1-oktabrdan beri mamlakatda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lmoqda.

Teglar