Iroqdagi noroziliklar sabab qurbon bo‘lganlar soni ortib bormoqda

  • 15:31 / 07.10.2019
  • 152

Iroqdagi tartibsizliklar oqibatida qurbonlar soni kamida 104 kishiga yetdi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali Iroq Ichki ishlar vazirligi vakili general-mayor Saad Maanga tayanib xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, qurbonlar orasida xavfsizlik kuchlarining sakkiz xodimi bor. Olti mingdan ortiq odam jarohat olgan.

Ichki ishlar vazirligi vakili, shuningdek, namoyishchilar tartibsizliklar paytida 51 jamoat binosi va sakkizta turli siyosiy partiyalarning idoralarini yoqib yuborganini ma’lum qildi.

Avvalroq Iroq Bosh vaziri Adil Abdul-Mahdi namoyishchilarni Bag‘dod va Iroqning boshqa shaharlari ko‘chalarini tark etishga chaqirib, hukumat ularni ijtimoiy-iqtisodiy sohada olib borilayotgan islohotlar borasidagi takliflarini inobatga olishga va’da bergan edi.

Islohotlar qatoriga muhtoj oilalarga beriladigan nafaqa, ishsizlik nafaqalari va yer ajratish kiradi. Rasmiylar, shuningdek, yoshlar ishsizligiga qarshi kurashishga va’da berdi.

Teglar