Ish beruvchilar Amerikaning eng yaxshi 30 ta biznes maktabini baholashdi

  • 06:29 / 22.03.2019
  • 5597

BusinessInsider 3700 dan ortiq ish beruvchilardan 30 ta eng yaxshi biznes maktabining nufuzi va bitiruvchilarining ijodkorligini baholashni so‘radi. Natijada  Garvard eng yaxshilar yigirmataligiga ham kirmadi.

Foto: Unsplash

Barcha oliy ta'lim muassasalariga oltita mezon bo‘yicha 1 dan 5 gacha bo‘lgan ballar qo‘yildi. Masalan, biznes maktablarining yuqori malakali va ijodkor mutaxassislarni rivojlantirish qobiliyati hisobga olindi. Mutaxassislar har bir universitet brendining ahamiyati va uning biznes hamjamiyatidagi obro‘sini ham baholashdi. Xedxanterlar Pechak ligasi (ingl. The Ivy League — AQShning shimoli-sharqidagi yetti shtatda joylashgan sakkizta xususiy maktab uyushmasi. Bu nom universitet devorlariga chirmashib o‘sadigan pechak novdalaridan kelib chiqqan) universitetlari biznes maktablarini hayratda qoladigan darajada past baholashdi. Demak, Kornell universiteti 12-o‘rinda,  Kolumbiya universiteti – 14-o‘rinda, Pensilvaniya universiteti – 18-o‘rinda, Garvardga esa bor-yo‘g‘i 21-o‘rin, Darmut kollejiga esa 30-o‘rin nasib qilgan.

Stendford universiteti 1-o‘rin, Jorjtaun universiteti – 2-o‘rin, Yyel universiteti esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Stendford universiteti
Foto: Flickr
Jorjtaun universiteti
Foto: Flickr
Yyel universiteti
Foto: Flickr
Teglar