“Ishdagi ishq” filmi haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

  • 11:53 / 13.02.2020
  • 2141

Rejissor Eldar Ryazanovning “Ishdagi ishq” filmi 1977-yili suratga olingan. Mana deyarli yarim asrdan buyon ushbu film yangi tomoshabinlar ko‘nglini zabt etib kelmoqda. Shunday ekan u haqidagi ma’lumotlar barchamiz uchun qiziq bo‘lsa kerak. 

Filmning suratga olinishida juda qiziq jarayonlar yuz bergan. Hozir siz ana shular haqida bilib olasiz.  

•  Eldar Ryazanov bosh rollardagi aktyorlarni hech qanday sinovsiz, badiiy kengashning roziligisiz olgan. 

•  Filmdagi voqealar bitta bino ichida bo‘layotganga o‘xshab ko‘rinadi, lekin aslida voqealar 3 ta boshqa-boshqa joylarda suratga olingan.

•  Dastlab, filmning ishchi nomi “Boshliq Zolushka haqidagi ertak” bo‘lgan. 

•  Filmdagi “Tabiatda yomon ob-havo bo‘lmaydi” («У природы нет плохой погоды») qo‘shig‘ining she’rini ancha vaqtgacha Eldar Ryazanov o‘zim yozganman deb yurgan. Lekin, keyinchalik unga kuy bastalagan Andrey Petrov she’r ingliz shoiri Uilyam Bleyk tomonidan yozganligini aytgan. 

•  Lyudmila Prokofyevnaning obrazi ustida ishlash juda qiyin bo‘lgan. Uning uchun nafaqat “Mosfilm” garderoblaridan balki, ijodkorlarning uyidan ham kiyimlar qidirilgan. Masalan, film operatori Vladimir Naxabsev qattiqqo‘l boshliqning katta ko‘zoynagini bobosidan olib kelib bergan.
  
•  Filmni ko‘z oldingizga keltirsangiz Lyudmila Prokofyevnaning ish stoli ustida kompyuter bo‘lganligini eslaysiz. Bu rangli grafika asosida ishlaydigan Apple’ning birinchi kompyuteri edi. 

•  Olenka Rijovaning maktublari bilan bog‘liq voqeani eslaysizmi? Ushbu voqea haqiqiy voqealarga asoslangan. Maktublar, ismlari sir tutilgan ba’zi kinoijodkorlar tomonidan yozilgan.

•  Novoselsev Samoxvalovning yuziga urgan sahnasi faqat beshinchi dubldan olingan, chunki Myagkov (Anatoliy Yefremovich rolini o‘ynagan aktyor) Basilashvili (Samaxvalov rolini o‘ynagan aktyor)ni hech urolmagan. Oxir oqibatda u shu ishni qila olmayotgani uchun o‘zidan g‘azablanib, bor kuchi bilan tarsaki tushirgan. Aynan shu holat film lentalariga muhrlangan. 

•  Aytgancha, Oleg Basilashvili Novoselsev rolini o‘ynashni xohlagan.

•  Aktrisa Alisa Freyndlix (bosh qahramon)dan boshqa barcha ijodkorlar SSSR Davlat mukofotini qo‘lga kiritishgan.

Teglar