Ishingizni o‘zgartirish vaqti kelganini anglatuvchi 5 belgi

  • 10:26 / 08.03.2019
  • 4163

Ishingizda qolish yoki qolmaslik haqida bir qarorga keling.

Vaqt juda sekin o‘tadi

Hatto buning ma'nisiz ekanini bilsangiz ham doimiy ravishda soatga qaraysizmi? U holda ishxonangizdan iloji boricha tezroq keting. Cheksiz vaqt davomida azob tortish va o‘zingizga yoqmagan ish bilan shug‘ullanishdan yomoni bo‘lmasa kerak.

Siz uchun dushanba dahshatning o‘zginasi

Juma shanba kunini kutish bilan o‘tadi, shanba esa sizga xursandchilik keltiradi. Yakshanbada yaqinlashayotgan dushanbani his etasiz. Barchamiz bu holatga duch kelamiz, biroq ko‘pchilik bunday bo‘lmasligi kerakligini anglamaydi.

Boshqa yerda ko‘proq foyda keltirishingiz mumkinligini tushunasiz

Agar kompaniyaga ko‘p, o‘zingizga esa kam pul keltirayotgan bo‘lsangiz, u holda bu yomon. Hech kimga foyda keltirmay, faqat mana shu maqolani o‘qib o‘tirgan bo‘lsangiz, bu undanda yomonroq. Har ikki holatda ham o‘zingiz va vaqtingizni qadrlashni o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Ana shundan keyin esa ishni, ehtimol hayot tarzini ham o‘zgartirish vaqti kelganini anglaysiz.

Faqat pul uchun ishlaysiz

Ishni u keltirayotgan pul uchun emas,  siz olib kelayotgan foyda, rivojlanish imkoniyati, qiziqarli xodimlar uchun qadrlasangiz nima bo‘ladi? Ana shunday ishni topsangiz, hayotingiz yaxshiroq ko‘rinish kasb etmaydimi? Xuddi shu savolga javob bering va undan xulosa chiqaring. Bir vaqtning o‘zida shunday qilib, pul ishlab topa olasizmi?

Kelajakni ko‘rmaysiz

Sizni oldinda kutayotgan narsa borasida hayajonga tushasizmi? Yoki boshqa tomonga boshlovchi zerikarli harakatni ko‘ryapsizmi? Agar yo‘l oxirida yorug‘lik ko‘rinmasa, uni mustaqil tarzda yoqish kerak. Biroq yo‘lni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.

Teglar