Ishlovchi onalarga maslahatlar

  • 10:16 / 14.02.2020
  • 270

Hozirda dekret ta’tilida o‘tirmasdan yoki bolasi yosh bo‘lishiga qaramasdan ishga chiqib ketadigan onalar ko‘p. Bunday holatda ishdan ortib, oila ishlariga ham, bolaga ham qanday qilib ulgurish mumkin? Quyidagi tavsiyalar ozmi-ko‘pmi ularning og‘irini yengil qiladi degan umuddamiz.
   
Ro‘yxat tuzing
Faqatgina xarid qilinadigan narsalarni emas, balki kutilayotgan muhim tadbirlarning, orqaga surib bo‘lmaydigan yumushlarning, borish lozim bo‘lgan joylarning ro‘yxatini tuzib oling. Agar ana shunday qilsangiz, vazifalaringizni uddalash oson kechadi. Albatta, kutilmagan holatlar ham bo‘lishi mumkin. Rejali sharoitda uni bemalol eplaysiz.  

Mahsulot xaridi uchun bir marta boring
Agar ovqatni bir haftaga yetarli qilib tayyorlab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, bu har kuni do‘konga yugurib yurishning oldini oladi. Va bu xaridni oilangiz bilan amalga oshirsangiz, yanada maroqliroq bo‘ladi.  

Oldindan tayyorgarlik ko‘ring 
Ayrim mahsulotlarni muzlatib qo‘yib, zarur paytda eritib, bemalol iste’mol qilish mumkin. Ularni konteynerlarda saqlang. Konteynerlarni muzlatgichga taxlab qo‘yish juda qulay.  

Oilangizdagilardan yordam so‘rashga tortinmang
Agar uy yumushlariga ulgurmayotgan bo‘lsangiz turmush o‘rtog‘ingizdan yoki farzandingizdan yordam so‘rashga tortinmang. Yuvilgan kirni ilib qo‘yish, pol artishni so‘rashning uyaladigan joyi yo‘q. Shuningdek, oila bilan hamkorlikda bir haftaga yetadigan mahsulotlarni yarim tayyor holiga keltirib qo‘yish mumkin. 
 
Ertaroq uyg‘oning 
Oiladagilardan barvaqtroq uyg‘oning. Bu oilaviy yumushlaringizni tezgina saranjomlab olishga va kuningizni rejalashga katta imkoniyatdir. Eslatib o‘tamiz, ikki bolaning onasi o‘zi uchun ham, bolalari uchun ham, qiziqishlari uchun ham vaqt topa oladi. Bored Panda nashrining yozishicha, shunday ayollardan biri yapon rassomi Kiyomi ajoyib miniatyuralar yaratadi. Uning mittigina shlyapalari va poyabzali, tikuv mashinasi va novvoyxonasi juda xaridorgir.