Isitish tizimisiz odamlar qishda qanday isiydi?

  • 01:41 / 19.11.2014
  • 6462

Ma'lum bo‘lishicha, Yevropa va Osiyoning ayrim davlatlarida markaziy isitish tizimi yo‘q, biroq mahalliy aholi qishda ham unchalik sovuq qotmaydi.

Buyuk Britaniya

1. Har bir britaniyalik o‘zini o‘zi isitishi kerak. Mamlakatda markaziy isitish tizimi yo‘q. Uylar va kvartiralarda boylerlar — suv va batareyalarni isitadigan gaz ustunlari o‘rnatilgan. Uy egasining xohishiga qarab batareyani yaxshilab qizdirish yoki isitishdan pul tejab, muzlab o‘tirish mumkin.

2. Hojatxona va vannaxonalarda, odatda, batareyalar yo‘q, qishda ularda harorat 10 darajadan oshadi. Yotoqxonani ham isitishmaydi — britanlar, odatda, issiq ko‘rpa tagida pijamada uxlashadi. Kechasi bilan isitish qimmmatga tushadi. Boylerda taymer o‘rnatilgan, har bir soat 15 daqiqadan 4 qismga bo‘lingan. Ertalab uyg‘onadigan vaqtga boylerni isitishga moslab qo‘yishadi. Ishga ketgandan keyin esa o‘chadi.  

3. Britaniyada isitish bir sutkada faqat bir necha soat amalga oshiriladi, bu juda arzon va ekologik jihatdan foydali. Britan fiziologlarining aytishicha, 21 darajadan yuqori issiqlik noqulaylik tug‘diradi, 24 darajadan yuqorisi esa yurak xurujlari xavfini oshiradi. Gaz va elektr yetkazib beradigan kompaniyalar qishda sovuq qotmaslik bo‘yicha maslahatlar berishadi. Maslahatlardan biri — mushuk boqish. Chunki mushukcha issiq bo‘ladi, elektr quvvatini talab qilmaydi.

4. Birlashgan Qirollikning kamxarj oilalari ham bir amallashadi. Ba'zilar mahalliy kutubxonaga isinish uchun beradi. Kutubxona shinam, internet tekin. 

5. Aholiga pulni iqtisod qilish haqida maslahatlar beriladi. Masalan, kir yuvadigan mashinani to‘ldirmay ishlatmaslik kerak — kirlar yig‘ilishini kutish lozim. Sovuq suvda yuvish tavsiya etiladi. Bu kiyimlar uchun issiq suvdan ko‘ra foydaliroq. Ishlamayotganda kompyuterni o‘chirish lozim. Mobil telefonni kechasi bilan quvvatlantirishga qoldirmaslik, elektrni tejaydigan lampochkalardan foydalanish, uzoq cho‘milmaslik kerak.  

Yaponiya

6. Markaziy isitish tizimi faqat Xokkaydo prefekturasi — mamlakatning eng sovuq qismida bor. Yaponiyaning qolgan aholisi mustaqil isinishi kerak.

7. Yaponiyadagi zamonaviy uylarning aksariyati elektr konditsionerlar (qish/yoz) va turli xil (elektr, moyli, kerosin yoki gazli) isitish qurilmalari vositasida isitiladi. Yilning sovuq paytida yaponlar issiqni yaxshi ushlaydigan maxsus tolali issiq pijama kiyishadi yoki oddiy ko‘rpa ustidan elektr ko‘rpa yopishadi. 

8. Yaponiyada elektr gilamlar keng ommalashgan. Bunday gilam elektr ko‘rpaga o‘xshaydi. Foydalanuvchi isitish haroratini o‘zgartirishi mumkin. Gilamning faqat bir qismi, masalan, o‘tirgan joyingizni isitsangiz ham bo‘ladi. 

9. Yaponlar isitish uchun kotatsudan ham foydalanishadi. U har bir yapon uyida bor. Zamonaviy kotatsu qopqoq ostiga joylashtirilgan isitish qurilmasi bor stol ko‘rinishida bo‘ladi. Kotatsu qadimiy Yaponiyada ham mavjud edi, faqat ko‘rinishi biroz boshqacharoq bo‘lgan. 

10. An'anaga ko‘ra, kotatsu atrofida butun oila faqat ovqatlanish uchun emas, balki, suhbat qurish, stolda o‘yin o‘ynash, televizor ko‘rish uchun ham to‘planadi. Kotatsu butun oilani birlashtirib, oilaviy birdamlikka va iliq munosabatlarga undaydi. Umumiy ko‘rpa ostiga yig‘ilgan bolalar boshqalarga ham g‘amxo‘rlik qilishni o‘rganishadi. 

11. Darvoqe, yapon maktablarida isitish tizimi yo‘q. Tanaffusda bolalar qo‘llarini isitishi mumkin bo‘lgan muayyan joyda isitish qurilmalari bor, xolos.  

Germaniya

12. Germaniyada ham markaziy isitish tizimi mavjud emas. Bu yerda ham hamma o‘zini o‘zi isitadi. Xususiy uylarda o‘z isitish tizimlari, ko‘p qavatli uylarda — batareyalar uchun suvni isitadigan alohida gaz uskunalari bor. Kim qancha gaz ishlatsa, shuncha pul to‘laydi. 

13. Hamma batareyalarda termostatli ventillar bo‘lib, xonadagi haroratni boshqaradi. Oila ko‘p o‘tiradigan mehmonxonaga ko‘proq issiqlik beriladi, hojatxonada esa — juda kam. 

14. Kechqurun nemislar ko‘pincha elektr choyshablardan foydalanishadi — bu butun tanani isitadi. U avtomat tarzda yoqilib, o‘chadi.

15. Germaniyada uy egalari xususiy uylarni isitish uchun biomassa, o‘tin, yog‘ochning qayta ishlanishidan qolgan pelletlar, isitish nasoslari va quyosh batareyalaridan tobora ko‘proq foydalanishmoqda. Davlat bu yo‘nalishni qonun bilan ham, moddiy tomondan ham quvvatlamoqda. Germaniyada yaqinda qabul qilingan qonunga ko‘ra, foydalanishga topshiriladigan yangi binolarning bir qismi ishlatiladigan quvvatni qayta tiklanadigan manbalardan olinishi shart. 

Fransiya

16. Fransiyada markaziy isitish tizimi yo‘q.

Buning o‘rniga ikki xil isitish usuli mavjud:

1. Uyni umumiy isitish — bu alohida olingan ko‘p qavatli uydagi markazlashgan isitish tizimi. U uy rahbariyati tomonidan yoqiladi. Bunday uylardagi kvartiralar isitish uskunalari mavjud emas. 

2. Xususiy isitish tizimi. Vannaxona, hojatxona va oshxonada issiq suvni tartibga solib turadigan apparat bor. U elektr yoki gazli bo‘ladi. 

17. Batareyalar ana shu apparatga ulangan. Kvartiradagi issiqlik o‘zgartirib turiladi. Elektr isitish uskunalari gazli uskunalardan ko‘proq tarqalgan. Ularning asosiy afzalligi: gaz uskunalar singari muntazam va qimmat tekshiruvga muhtoj emas. Foydalanganda elektr quvvati uchun pul to‘lanadi. 

18. O‘z uyini (eskimi yoki yangimi) isitish ishlarini amalga oshiradigan hamma fransuzlar sarflagan pullarini soliq deklaratsiyasiga kiritishga haqli. Shunda ish haqining 25dan 50%iga ayirib tashlanib, daromad solig‘ini kamaytirishi mumkin. 

Elektrni tejaydigan har qanday uskunani o‘rnatganda ham shunday yo‘l tutiladi. Ularni sotib olish uchun fuqarolar imtiyozli kreditlar olishadi. 

Finlyandiya

19. Finlyandiyada uylar quvvatni yerdan olishi keng tarqalib bormoqda. Axir Finlyandiya sharoitida 200 metr chuqurlikda harorat +10 darajaga yetishi mumkin. Fin qoyalari — ulkan radioatordek: yozda issiqlikni to‘plab, qishda ulashadi.

20. Fin uylarida maxsus qurilma o‘rnatiladi: issiqlik nasosi. U qimmat turadi, albatta, lekin 5-7 yilda puli chiqib ketadi va elektr quvvatini 30%, hatto undan ham ko‘proq tejashga imkon beradi. Tabiiyki, bunday raqam eski uylarning egalarini ham yangi uskunalarni o‘rnatishga undaydi.   

21. Finlar hatto havodan ham samarali foydalanishadi — teskari qo‘yilgan sovutkichni tasavvur qiling: uning sovuq qismi ko‘chada, isitish tizimi esa ichkarida. -25˚ sovuqda bu usul yaxshi samara beradi: issiqlik nasosi 1 kVt sarflab, 2, hatto 5 kVt issiqlik chiqaradi.

22. Bunday “issiq” sovutkich, aniqrog‘i, konditsioner kichkina uylarga mos — turar joy maydoni 120 metrdan oshmaydigan. Kichik uylar uchun bu haqiqiy topilma: yerni burg‘ilash va qimmat uskuna o‘rnatishning keragi yo‘q.

Teglar