Islomiy moliya tizimini dunyo tan olmoqda

  • 14:49 / 23.03.2015
  • 11051

XABARDOR.UZ - Nima uchun butun dunyo islom moliya bozoriga intiladi, AQSh va Kanada nimani qo‘ldan boy bermoqda?

Hozirning o‘zidayoq hajmi 200 trillion AQSh dollaridan ortiq islomiy moliya mablag‘larining ulkan oqimi  xalqaro aktivlarning katta qismini egallamoqda. Inqiroz an'anaviy banking tushunchasiga bo‘lgan ishonchni ikkilantira boshlagan 2008 yildayoq dunyoning barcha poytaxtlari Londondan to Dubaygacha islomiy moliya tizimi hudud uchun kurashga kirisha boshladi. Faqatgina Shimoliy Amerika mazkur trenddan ortda qolmoqda.

Islomiy moliya tizimi nima?

Umuman olganda islomiy moliya tizimi an'anaviyga juda yaqin. Farq shundaki, taqdim etayotgan mahsulot va xizmatlar shariat qonunlariga to‘g‘ri kelishi kerak. Ular orasida ko‘pchilikka ma'lum bo‘lgan qoida foiz ushlab qolish bo‘lib, arab tilida "riba" deb ataladi.

An'anaviy emitentlar kredit mahsulotlarining foizidan daromad olishadi, islom banklari esa foyda olishning boshqa usullarini o‘ylab topishlari kerak bo‘ladi. Odatda ular xizmat uchun haq olishadi yoki kirim va zararni taqsimlash bo‘yicha shartnomalar tuzishadi. Bunday usullardan eng keng tarqalgani "murabaxa" deb ataladi va turar joyni sotib olishda qo‘llaniladi. u ijaraga olish natijasida sotib olish chizmasiga o‘xshab ketadi, bank mijoz uchun uyni sotib oladi, keyinchalik esa uni avval kelishib olingan tartiblar asosida sotadi.

Islom dunyosidagi omonatlar ham muayyan ahloq qoidalariga javoban mos kelishi kerak. Shubhali korxonalar, halol sanalmagan oziq-ovqat, spirtli ichimliklar, pornografiyaga investitsiya kiritish man etilgan. Bundan tashqari, qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasida tavakkalchilikni bo‘lib olish shartlari va barcha moliya operatsiyalarini real aktivlar bilan mustahkamlash tartibi mavjud bo‘lib, u Uoll-stritning real fondlar bilan hisoblashmaslik kabi ba'zi ekzotik kashfiyotlarga umuman o‘xshamaydi.

Bozorning ushbu qismi tobora kengayib bormoqda, chunki mijozlarining demografik hajmi sayyoramiz aholisining oltidan bir qismini tashkil qiladi. Uning katta qismi  Osiyoda jamlangan, ammo ular o‘z boyligini islom dunyosi chegarasidan tashqariga joylashtirishga qiziqish bildirmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, islom  dini qoidalariga mos keluvchi moliya mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan yuqori talabni keltirib chiqarmoqda.

Islomiy  moliya - shiddat bilan o‘sib boruvchi bozor

2008 yilda moliyaviy inqiroz avj olgan paytdan boshlab, islom dunyosi aktivlarining umumiy bozori ko‘rsatkichlari yiliga o‘rtacha 20 foizga o‘sdi. Dubayda joylashgan Islom bankingi va iqtisodiyoti markazi "Al Xuda"ning bergan ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur sanoat aktivlarining umumiy hajmi 2015 yilda 2,5 trln. AQSh dollarini tashkil qiladi.

Islom bondlari yoki sukuk - kompaniya va vakolatxonarga bog‘liq bo‘lgan katta qism 2015 yilda o‘z qarzidan 145 mlrd. AQSh dollarini sotishi kutilmoqda. Ushbu sanoatda Eron, Malayziya va Saudiya Arabistoni yetakchilik qilmoqda, ammo ko‘plab g‘arb mamlakatlari islom moliyasining Yevropa va xalqaro xablariga aylanishga harakat qilmoqda.

Buyuk Britaniya bu o‘yinga, ayniqsa, juda qiziqib ketdi. O‘tgan yilda u islom bondiga yo‘l bergan birinchi g‘arb davlatiga aylandi. Londonning sobiq lord-meri Rojyer Gifford islom dunyosi moliya vositalari fish end chipsga o‘xshab britaniyalik bo‘lishi kerakligini aytgan.

Rossiyaga keladigan bo‘lsak, shariat qoidalariga amal qilgan holda ishlash normalarining mavjud emasligi islom banklarining mustaqil ravishda uning bozorlariga kirib borishini murakkablashtiradi. Ammo yaqin kunlarda ikki islom banklari "Al Baraka" va "Al Shamal" Rossiya bozoriga o‘z mablag‘ini olib kirish maqsadida xamkor topishga kirishganligi e'lon qilindi.

Shimoliy Amerikaga nima bo‘ldi?

2014 yilda islomiy moliya mavjud bo‘lgan 42 mamlakatni o‘z ichiga olgan reyting natijalariga ko‘ra, AQSh 15 o‘ringa ega bo‘ldi, Kanada esa so‘nggi o‘rindan joy oldi. Bunday ko‘rsatkichga dunyo moliya tizimidagi ikkala mamlakat banklari ulushi bo‘yicha berilagan ma'lumotlar sabab bo‘lgan.

Ushbu vaziyatni tushuntirish uchun islom moliya institutlari tomonidan belgilangan tartiblar va qonunlar, shuningdek, federal qonunchilik va xilma-xil shtat qonunlariga nazar tashlash kifoya, ana shunda holatning yaxlit ko‘rinishi naqadar murakkab ekanligini tushunish mumkin.

Amerika banklari tavakkalchilikka bo‘lgan munosabatni juda past darajada belgilaydi. Mazkur talabga mos kelish va foydani oshirish maqsadida banklar odatda ulkan yetkazib berish hajmidagi kelishuvlar va kafolatlangan daromadga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar, masalan, islom qonunlari tomonidan man etilgan xazina qimmatli qog‘ozlari va an'anaviy korporativ bondlariga investitsiya kiritadi. Masalaning umuman boshqa tomoni shariat qoidalari butun mamlakatga tarqalishiga oida ksenofob (o‘zga millat, dinga tegishli odatlardan havfsirash - muallif) kayfiyat va qo‘rquvning mavjudligi. Bu esa 2005 yilda hattoki Senatning islom moliyasi terrorizmni qo‘llab-quvvatlashi borasida tadqiqot olib borishiga olib keldi. Tadqiqotchilar islom moliyasining an'anaviy ekvivalenitga qaraganda terroristik faoliyatni soddalashtirishiga yordam berishiga oid bo‘lgan ma'lumotlar mavjud emasligini tasdiqlashdi.

Islom moliyasida standartlarning yetishmasligi, bozorga kirish narxi va murakkabligi hatto ba'zi moliya institutlarini xatarga solib qo‘ydi. Misol uchun, islom doirasida kim aktivlarga ruxsat bera oladi va bu masalani hal etish uchun qaysi tomon ko‘proq malakaga ega kabi.

Bahslarga sabab bo‘lgan yana bir masala islom aktivlariga bo‘lgan fundamentalistik yondashuv, ya'ni foizlarning man etilishidir. Ba'zi maktablarning fikriga ko‘ra, foizli daromadning barcha turlaridan voz kechish kerak, modernistlar esa faqatgina ashaddiy sudxo‘rlik ("yettita eng buyuk gunoh" lardan biri) ruhga ega bo‘lganlaridan voz kechish kerakligini ta'kidlamoqda.

Standartlarning yetishmasligi uzoq muddatda bozorga qattiq zarba beradi. Shimoliy Amerika banklari taraqqiyotiga to‘sqinlik qilish o‘rniga tegishli tartiblarni ishlab chiqishga zamin tayyorlaydi.

Muvofiqlashtiruvchilar shariatga yo‘l ochmoqda

So‘nggi yillarda banklar islom moliya mahsulotlarini o‘z xizmatlari doirasiga kiritishga katta qiziqish bildirmoqda. Yetuk kreditorlar shartnomalarni shariat talablariga moslashtirish qoidalarini o‘rganmoqda. O‘tgan yili "Goldman Sachs" shariatga mos keluvchi ilk bondni yo‘lga qo‘ydi. Bundan tashqari, islom moliyasi jarayoniga tobora o‘sib borayotgan halol yegulik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kiritishga bo‘lgan ulkan qiziqishini namoyish etmoqda.

Islom moliyasining maqsadi kompaniya va mijozlarga Qur'onda keltirilga axloq qoidalariga rioya qilgan holda daromad topishni ilgari surishdir. Ammo hozircha amaliy jihat bu maqsaddan ancha yiroq.

Teglar