Ispan klubi rossiyalik futbolchi bilan ijarani uzaytirmoqchi

  • 15:52 / 12.06.2020
  • 62

“Selta” 30 yoshli hujumchi Fyodor Smolovning ijarasini uzaytirish bo‘yicha “Lokomotiv”ga taklif bilan chiqdi. Bu haqda Sport Ekspress xabar berdi.
Qishda ispan klubiga ijara asosida kelib qo‘shilgan Smolovning shartnomasi 30-iyunda tugaydi. Ispaniya chempionati esa 19-iyulda tugaydi.
“Temiryo‘lchilar” “Selta”ning ushbu taklifiga hali javob qaytarmagan. Boisi Moskva klubi hujumchisini Rossiya Premyer Ligasining yangi mavsumiga “zayavka” qilishni reja qilgan. 
Joriy mavsumda Smolov “Selta” safida 6 o‘yinda maydonga tushib bitta gol urgan. Ungacha “Lokomotiv” tarkibida 14 uchrashuvda 3 ta gol urishning uddasidan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, pandemiya tufayli to‘xtatib qo‘yilgan La Liga 11-iyundan qayta davom ettirilmoqda.