Ispan qishloqlarining betakror ko‘rinishi aks etgan fotosuratlar

  • 13:44 / 25.08.2019
  • 466

Rassomlar mahalliy urf-odatlarning go‘zalligini namoyish etish uchun ispan qishloqlarini tanlashdi

Belorado qishlog‘ida 2100 kishi istiqomat qiladi, ammo bu yerning o‘ziga xos madaniy boyliklari va go‘zalligi tillarda doston. 

Уличные художники расписали испанскую деревню, чтобы показать красоту местных традиций

 Bu yerning go‘zalligini tarixga muhrlash maqsadida rassomlar — NeSpoon va Rege Fernandes qishloq haqida ommaga bildirish va uni abadiylashtirishga qaror qilishdi. Ular  birgalikda  Ispaniyaning shimolidagi bir shaharning markaziy maydonini  ajoyib rasmlari bilan bezatishdi.

Уличные художники расписали испанскую деревню, чтобы показать красоту местных традиций

Plasa de San-Nikolas obidasi Belorado ayollari uchun katta ahamiyatga ega joy hisoblanadi. Bu yerda ular an'anaviy ravishda "yarim pastor" o'ynashgan bo‘lib, bu faqat ayollar o'ynaydigan “bouling” turi hisoblanadi. Shu bois ushbu hududning binolari san'atkorlar  uchun o'ziga xos ahamiyatga ega sanaladi.

Уличные художники расписали испанскую деревню, чтобы показать красоту местных традиций

NeSpoon mahalliy aholi xonadonlarida an'anaviy naqshlarni o'rganib, keyinchalik ularni binolar devorlariga chizib, o'lmas badiiy asarga aylantirdi.

Уличные художники расписали испанскую деревню, чтобы показать красоту местных традиций

Shu bilan birga, Rege Fernandes "Bolio Belioforo" o‘yin jarayoni  aks etgan qadimiy fotosuratlarni o'rganib chiqdi. Uning Plaza de San-Nikolasdagi ishi 1917-yilda o'z farzandlariga g‘amxo'rlik qilgan ayollarning fotosuratlari asosida chizilgan. Bu "Bolio Belioforo"ning  eng qadimiy tasviri ayollarning tabiiy o'yin-kulgulari, oilaviy parvarishi aks etgan tasvirlardir.

Уличные художники расписали испанскую деревню, чтобы показать красоту местных традиций

NeSpoon va Fernandesning rassomchilik ishlari natijasida kichik qishloq aholisi butunlay o'zgardi. Bu yerni ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lgan sayyohlik maskaniga aylantirish  rejalashtirilmoqda.

Уличные художники расписали испанскую деревню, чтобы показать красоту местных традиций