Ispaniyada cho‘milish plyajlari ochiladi

  • 12:08 / 25.05.2020
  • 115

 Ispaniya Sog‘liqni saqlash tizimi vazirligi plyajda dengiz suvi, ultrabinafsha nurlar va yuqori harorat potogen mikroblar dezaktivatsiyasi uchun ijobiy ta’sir qilishi mumkinligiga doir qoidalarni aytib o‘tdi.

25-may kuni Ispaniyaning qator hududlarida: hordiq, cho‘milish, sport bilan shug‘ullanish va sayr uchun bir qator  maskanlarning ochilishi kutilmoqda. “Dengizda cho‘milish hududlariga tashrif buyuruvchilar miqdorini cheklash taklif etiladi. Bu odamlar orasidagi oraliq masofani saqlash uchun amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda. Shuningdek, atrofni o‘rash uchun mo‘ljallangan to‘siqlar, dush, o‘rindiqlar, soyabon, chiqindi savatlarini ham dezinfeksiya qilish ko‘zda tutilmoqda.

Vazirlik dengiz suvida virusning faol holda qolishi haqida hech qanday ilmiy ma’lumotlar yo‘qligini aytib o‘tgan. Shunga qaramay vazirlik har kuni qumni tozalash, chiqindini saralashga alohida e’tibor berishni tavsiya etgan. “Qumning dengiz suvi, tuzi bilan o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi, yuqori harorat, quyosh nuri virusning dezaktivatsiyasi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Plyajda xavfsiz oraliq masofaga, sanitar-gigiyenik chora-tadbirlariga amal qilish, dush kabinalari, hojatxona va sport maydonchalarini muntazam dezinfeksiya qilish tartiblari o‘rnatiladi. Xodimlar bu haqda tashrif buyuruvchilarni ogohlantirishi kerak. 15 nafar va undan ortiq insondan iborat guruh o‘yinlari – jamoaviy sport o‘yinlarini o‘ynash tavsiya etilmaydi.
Plyaj hududidagi restoran va barlar barcha sanitar chora-tadbirlariga qat’iy amal qilishi, xonalarni tez-tez shamollatib turish zarur.