Ispaniyada favqulodda holat rejimi beshinchi marta uzaytirildi

  • 10:34 / 22.05.2020
  • 32

Ispaniya hukumati bir muddat parlamentda davom etgan muzokaralardan keyin favqulodda holat rejimini yana 15 kunga uzaytirdi. Mamlakatda koronavirus tarqalishi boshlanganidan beri karantin muddati beshinchi marta uzaytirilmoqda.

Mart oyida hukumat  mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanishni cheklovchi yuqori ogohlantirish rejimini joriy etgandi. Uni har gal uzaytirish uchun deputatlar kongressidan ruxsat talab etiladi. Ushbu taklif ham deputatlar kengashiga kiritilgan. Uni 177 deputat ma’qullagan, 162 kishi qarshi ovoz bergan hamda 11 deputat betaraf qolgan.
 
“Favqulodda vaziyatni bekor qilish qulay sharoit tug‘ilganda va zarur bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin”, deydi Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchez.

Ayni paytda Ispaniya virus yuqtirish holatlari bo‘yicha AQSh, Rossiya va Braziliyadan keyin to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 280 117 kishi koronavirus bilan kasallangan, 27 940 bemor vafot etgan, 196 958 kishi sog‘aygan.