Ispaniyada videooʻyinga qaram boʻlib qolgan bemor tarixda ilk marta kasalxonada davolandi

  • 16:37 / 16.09.2021
  • 140

Ispaniyada “Fortnite” oʻyiniga qaram boʻlib qolgan oʻsmir ikki oy davomida kasalxonada davolandi.

Shifokorlarning maʼlum qilishlaricha, bemor oʻyinga shunchalar berilib ketganki, uydan tashqariga chiqmagan, atrofdagilar bilan muloqot qilishdan bosh tortgan, shifokorlar yordamidan foydalanishni istamagan. U oʻz atrofida boʻlayotgan hodisalarga nisbatan qiziqishini butunlay yoʻqotib qoʻygan. Oʻspirinda uyqu buzilishlari kuzatilgan, shaxsiy gigiyena haqida butunlay unutib yuborgan.

Yigitchaning onasi bir yil avval saraton kasalligi tufayli vafot etgan. Ekspertlarning aytishlariga qaraganda, oʻyin oʻspirin uchun hissiy kechinmalardan qutilishga yordam beradigan vositaga aylangan.

Oʻsmir ikki oy davomida davolangan. Bu vaqt mobaynida mutaxassislar nafaqat uning oʻzi, balki oilasi bilan ham ish olib borishgan.

Eslatib oʻtamiz, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti videooʻyinlarga qaramlikni 2018-yilda ruhiy kasalliklar qatoriga kiritgan.