Isroil o‘z aholi punktlaridan birini Tramp nomi bilan atamoqchi

  • 11:36 / 15.06.2020
  • 403

 Isroil AQSh prezidenti Donald Tramp sharafiga Golan tepaliklaridagi aholi punktini uning nomi bilan atamoqchi, deya xabar beradi TASS. Bu tashabbus haqida bosh vazir Binyamin Netanyaxu so‘zlab bergan. 

“Bugun biz Isroil suvereniteti prezident Tramp tomonidan tan olingan Golan tepaliklarida Ramat-Tramp aholi punktini yaratish uchun amaliy qadamlarni qo‘yishni boshlaymiz”, dedi hukumat boshlig‘i. 
Eslatib o‘tamiz, bu hududni Tramp sharafiga nomlash fikri mavjudligi haqida o‘tgan yil may oyida ma’lum qilingan va sal keyinroq bo‘lg‘usi aholi punkti hududiga tegishli belgi o‘rnatilgan edi.  

Teglar