Isroil tanklari Gʻazodagi Xamas harbiy nuqtalariga zarba berdi

  • 12:48 / 16.06.2020
  • 927

 Isroilning uchuvchisiz boshqariladigan uchar qurilmalari va tanklari Gʻazo sektoridagi Xamasning post va yerosti tizimiga zarba berdi, deya xabar tarqatdi TASS. 

Bu harakatga o‘sha kuni Gʻazo tarafidagilarning Isroil hududiga yo‘llagan raketa zarbasi sabab bo‘lgan. Armiya matbuot xizmatida tanklar Xamasning Gʻazo sektorining janubiy qismida joylashgan yer ustidagi, uchuvchisiz boshqariladigan uchgichlari esa yer ostidagi tizimiga zarba berganligiga aniqlik kiritilgan.  

Teglar