Istanbul haqida bilish lozim bo‘lgan qiziqarli 8 fakt

  • 15:59 / 11.02.2020
  • 1364

Istanbul – Turkiyaning eng chiroyli va eng katta shahri sifatida dunyo ahlini haligacha o‘ziga maftun qilib kelmoqda. Shu bilan birga, ushbu gigant shaharning kashf etilishi kerak bo‘lgan jihatlari haligacha yuzaga chiqishda davom etmoqda.

Istanbul Yevropaning eng tirband shaharlaridan biri. Hattoki, bir nechta davlatlar aholisi soni Istanbul aholisidan oz. U dunyoda eng ko‘p sayyoh tashrif buyuradigan shaharlardan biridir. Xo‘sh, Istanbulning bu darajaga yetishiga nimalar sabab bo‘lgan? Quyida shu haqida.

1. Dunyoning tranzit markazi

Istanbul, ayniqsa, tranzit yo‘lovchilar uchun eng muhim transport markazlaridan biridir. Turkiyaning yaqinda ochilgan ulkan aeroporti xususiyatlari buni tasdiqlaydi.

2. Shahar nomining ildizi yunonchadir.

Istanbul nomi yunoncha   – “eis ten polin” jumlasidan kelib chiqqan. Bu jumla ma’nosi “shahar tomon” deganidir. Ushbu atama qadimda Istanbulga boradigan yo‘lni ta’riflash uchun ishlatilgan.  Va shu tariqa hozirgi nomini olgan.

3. Ko‘chalarida poyabzal bo‘yovchilari bo‘lgan Yevropadagi ikki shahardan biri

Istanbul ko‘chalarida ko‘chmanchi poyabzal bo‘yovchilari bo‘lgan Yevropaning ikki shahridan biridir. Albatta, poyabzal bo‘yovchilar ham shaharga o‘zgacha ko‘rk berib turadi. Yevropaning poyabzal bo‘yovchilari bo‘lgan boshqa yana bir shahri –  Lissabondir.

4. Uzoq tarix davomida qamal ostida bo‘lgan shahar

Istanbul strategik jihatdan muhim joy bo‘lib, ikki qit’ani bog‘lab turgan shahar sifatida tarixda doim diqqat markazida bo‘lib kelgan. Shu sababdan hech rohat ko‘rmagan bir shahardir. Eng so‘nggi qamal Usmoniylar davlati tarafidan amalga oshirildi va shahar bundan so‘ng hech kimning qo‘liga o‘tmadi.

5. Ko‘cha ovqatlari juda mashhur

Istanbul ko‘cha ovqatlari bilan ham mashhurlikka erishgan bir shahardir. Jumladan, “simit”, “balık ekmek”, “durum” va “kokoreç” kabi ovqatlari turistlar tomonidan qiziqib yeyiladigan taomlardir. 

6. Qoq markazidan bo‘g‘oz o‘tgan yagona shahar

Albatta, dunyoning bir necha shaharlari ichidan dengiz kesib o‘tgan, lekin boshqa shaharlardan farqli ravishda, Istanbulning qoq markazidan dengiz kesib o‘tgan.

7. Uzoq vaqt Usmoniylar davlati poytaxti bo‘lgan 

Istanbul asrlar davomida Usmoniylar davlatiga poytaxtlik qilgan. Shu sababli Istanbul hozirga qadar Turkiyaning eng katta shahri bo‘lib qolmoqda. 

8. Juda ko‘p marotaba qaytadan qurilgan

Ba’zida yong‘in, ba’zida urushlar tufayli shahar ko‘p marta vayronagarchilikka yuz tutgan. Shu sabab u bir necha bor qaytadan bunyod etilgan.