Italiya karantinni kuchaytirdi. Qoidabuzarlarni endi qamoq kutmoqda

  • 08:12 / 25.03.2020
  • 42

Italiya hukumati koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun jiddiy kirishdi. Karantin choralarini buzganlar keskin jazolanadi. Endi SARS-CoV-2 yangi koronavirusini yuqtirib olgan shaxs qasddan izolyatsiya joyini tark etsa, 1 yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. 
Bundan tashqari, hukumat bunday xatti-harakat uchun jarimani 3000 yevrogacha oshirdi.
Avvalroq, qoidabuzarlarga nisbatan 206 yevrolik jarima va uch oygacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Italiyada koronavirusni yuqtirib olganlar soni 69176 taga yetgan. Mamlakat 81591 ta holat qayd etilgan Xitoydan keyingi o‘rinda. O‘limlar soni bo‘yicha esa birinchi o‘ringa chiqib olgan. Italiyada 6820 o‘lim holati qayd etilgan.