Italiya parlamenti qisqarishi mumkin

  • 14:51 / 09.10.2019
  • 116

Italiyada parlament qisqarishi kutilmoqda. Deputatlar soni 630 nafardan 400 deputatga va 315 nafardan 200 senatorgacha. Ya’ni, uchdan bir qismga qisqarishi kerak. Ushbu tashabbusni quyi palata ko‘pchilik tomonidan berilgan takliflarga binoan qabul qildi. Faqat 14 nafar deputat ushbu konstitutsion islohotga qarshi chiqdi.

Ushbu o‘zgartirish tarafdorlari byudjet mablag‘larini tejash va saylovchilar manfaatlarini himoya qilish mumkinligi aytilmoqda. Ular deputatlar ko‘proq fuqarolarning manfaatlarini ifoda etishlari va muammolariga kengroq qarashlari kerakligiga ishonishadi. Ammo ushbu tashabbusga qarshi chiqqanlar rasmiylarni davlat to‘ntarishi va konstitutsiyaviy muvozanatni buzishda ayblamoqda.

Agar o‘zgarishlar rad qilinmasa, bu tartib 2023-yilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlaridan keyin kuchga kirishi ta’kidlangan.

Teglar