Italiyada 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila qayd etildi

  • 15:59 / 30.10.2016
  • 7156

Italiyaning markaziy qismida yakshanba kuni kuzatilgan 6,5 mag­ni­tu­dali yer qimirlashi 1980 yildan beri eng kuchli zilzilaga aylandi. Bu haqda Italiya bosh vaziri Mat­teo Rensi xabar qilmoqda.

Favqulodda tashkil etilgan matbuot anjumanida u quyidagilarni aytib o‘tdi: «1980 yildan beri sodir bo‘lgan eng qattiq zilziladir. U bir necha kun avval va avgustda kuzatilgan, hattoki, 2012 yil Emi­liya-Ro­ma­nya, 2009 yil Ak­vi­ldagi va 1997 yil Um­briyadagi zilziladan ham kuchliroqdir».

 

Hukumat halok bo‘lgan insonlar yo‘qligi haqida ma'lum qildi. Dushanba kuni zarur choralarni qabul qilish uchun Italiya Vazirlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Vazir barcha vayron bo‘lgan yerlar, jumladan, uy va cherkovlarni qayta tiklashga va'da berdi.

Geofizika va vulqonchilik milliy instituti (Ingv) ma'lumotiga ko‘ra, 6,5 magnitudali zilzila soat 07.41da qayd etilgan, uning epi­sentri Norcha shahri o‘rtasida bo‘lgan. Uning ketidan 20 daqiqa ichida ikkita 4,6 va 4,1 magnitudali yer osti silkinishlari sodir bo‘lgan. 

Yer yuzasidagi silkinishlar butun Italiya bo‘ylab, jumladan Rim va boshqa yirik shaharlarda ham yaqqol sezilgan. Italiya fuqarolar mudofaasi xizmati qayd etishicha, tabiiy ofatlar oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan. 

Teglar