Italiyada eng ko‘p haq to‘lanadigan futbolchilar ma'lum qilindi

  • 10:10 / 12.09.2019
  • 444

Italiyaning “La Gazzetta dello Sport” nashri Italiya chempionatining eng ko‘p haq to‘lanadigan futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi.

"Inter" hujumchisi Romelu Lukakudan tashqari kuchli sakkizlikka "Yuventus" ning yettita o'yinchisi kiradi.

Посмотреть изображение в Твиттере

Birinchi o‘rin Turin hujumchisi Krishtianu Ronalduga tegishli. U yiliga 31 million yevro oladi. Ikkinchi o‘rinda uning jamoadoshi Metteys de Ligt (8 million yevro), Lukaku esa (7,5 million yevro) kuchli uchlikni yakunlab beradi.

Avvalroq, “Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinio 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinlaridagi hujumchi Krishtianu Ronalduning ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.

Teglar