Italiyada karantin qoidalarini buzganlik uchun jarima 10 baravarga oshirildi

  • 15:54 / 25.03.2020
  • 137

Italiyada koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan karantin qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori oshirildi, deb xabar bermoqda RBK nashri.

“Biz koronavirus tarqalishini oldini olish bo‘yicha joriy etilgan karantin qoidalarini buzganlik uchun jarimani 400 yevrodan 3 ming yevrogacha oshirishga qaror qildik”, deydi Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte matbuot anjumanida.

Italiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda karantin qoidalarini buzish bo‘yicha 60 mingta holat aniqlangan. 

Bosh vazirning ta’kidlashicha, cheklov choralari haqidagi qaror hukumat vakolati doirasida amalga oshirilgan. U mahalliy boshqaruv organlariga umumiy qoidalar asosida alohida kuchaytirilgan choralar ko‘rishga ruxsat bergan.