Jahongir Otajonov ishi sudga oshirildi

  • 19:48 / 25.07.2021
  • 489

Toshkent shahar IIBB xonanda Jahongir Otajanov ishini sudga oshirdi. IIBB xonandani Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarini haqorat qilgan videomurojaatini joylashtirib, xodimlarning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlikda ayblamoqda.

Ijodkorning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida Jahongir Otajonov oʻz videomurojaatidagi haqoratli gaplarni jahl ustida aytgani, Respublika hukumati va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yoʻqligini taʼkidlagandi.

IIBB uning qilmishida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qilish) da koʻrsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi tufayli kerakli hujjatlarni 23 iyul kuni jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etgan.