Janubiy Koreyada O'zbekiston bayrog'i aks etgan paypoqni sotishga chek qo'yildi

  • 10:09 / 07.10.2019
  • 782

Internetda Janubiy Koreyada tasvirga olingan video tarqaldi. Unda bir o‘zbekistonlik do‘konga kirib, O‘zbekiston bayrog‘i tasviri tushirilgan paypoqni sotish “hurmatsizlik ekanini” tushuntirayotganini ko‘rish mumkin. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.


Ta'kidlanishicha, sotuvchilarga “huquqiy masalalar” tushuntirilgan. Videorolik muallifining tushuntirishicha, sotuvchilar barchasini anglab, boshqa bunday xatoni takrorlamasliklarini aytishgan. Ular hattoki uzr so‘rashgan.  


Rolik muallifi zavodga tashrif buyurib, bunday paypoqlar ishlab chiqarilishini to‘xtatishni rejalashtirmoqda.  


Ko‘rinishicha, do‘konga tashrif buyuruvchi kishi hozirda dunyoning turli davlatlarida bayroqlar tasviri tushirilgan paypoqlar ancha keng tarqalganidan bexabar.


Turistik kompaniyalar milliy bayroqlar tasviri tushirilgan paypoqlar, qalpoqlar, sharf va futbolkalarga maxsus buyurtmalar ham berishadi.


Jumladan, Amazon do‘konlarida bunday mahsulotlarga ko‘p taklifni uchratish mumkin. Misol uchun, AQSh va Britaniya bayroqlari tushirilgan paypoqlar eng katta talabga ega. Ta'kidlanishicha, zamonaviy dunyoqarashga ega sayyohlar bu holatni “milliy bayroq va g‘ururning toptalishi” deb tushunmaydilar.

Teglar