Janubiy Koreyadagi ushbu 16 buyum dunyoning boshqa mamlakatlari uchun ham zarur

  • 09:46 / 12.02.2019
  • 4913

U yoki bu mamlakatga tashrif buyurganimizda noodatiy narsalarning mavjudligidan hayratga tushamiz. Biroq Janubiy Koreyaga kelsangiz, sizni faqat yoqimli sovg‘alar kutadi. Bu yerda hamma narsa shu qadar qulay va sinchiklab o‘rganilgandek tuyuladi. Buyumlar shu darajada g‘aroyib ishlanganki, boshqa joylarda ham albatta tatbiq etilishi lozim. O‘zingiz bir nazar soling!

Homilador ayollar uchun mo‘ljallangan joylar boshqacha rang bilan ajratilgan. Ularning har birida bejirim o‘yinchoq bor. Boshqa yo‘lovchilar tirband vaqtlarda ham bu joylarga o‘tirishmaydi.

Metroda bolalar uchun maxsus kirish joyi bor.

Kulerlarda sayyoramizni ifloslantiradigan plastik stakanlar o‘rniga maxsus qog‘ozdan ishlanganlaridan foydalaniladi.

Yomg‘ir yoqqanida va jazirama quyosh nur sochganida ko‘chalarda ulkan soyabonlar ochiladi.

Chips yoki boshqa yeguliklarni iste'mol qilganda qo‘llar iflos bo‘lmaydi.

Janubiy Koreyadagi ayrim kishilar uylari oldida kichik savdo rastalarini ochishadi. U qadar kuzatishmaydi ham. Xaridorlar mahsulotni olib, uning uchun to‘lanadigan pulni pochta qutisiga tashlashadi.

Katta do‘konlarda kichik uy hayvonlarini qoldirish uchun maxsus bo‘lmalar tashkil qilingan.

Ayollar mashinalari uchun to‘xtash joyi. Ular odatdagilariga qaraganda kengroq va binoning kirish qismiga yaqinroq joylashgan.

Hojatxonalarda bo‘sh kabinkalarni ko‘rsatadigan tablolar o‘rnatilgan.

Janubiy Koreyada mijozlarining tishlari salomatligi haqida qayg‘uradigan restoranlar mavjud. Shuning uchun qo‘l yuvish xonalarida bir marta foydalaniladigan cho‘tka, tish pastasi va og‘iz bo‘shlig‘ini chayish vositalarini ko‘rish mumkin.

Ko‘p qavatli mashina to‘xtash joylari tejash vositasi ekani aniq.

Yilning sovuq vaqtida daraxt ildiz va poyalari mana bunday isitiladi.

Poyezdlarda karaoke uchun individual xonalarda vaqtni qisqartirish mumkin.

Qulay bo‘lishi uchun kirxonalar qahvaxonalarda joylashgan. Siz qahva ichib o‘tirasiz, bu vaqt ichida kiyimlaringiz yuviladi.

Avtobus oynalarida sayohat vaqtida mizg‘ib olishni yoqtiradiganlar uchun xavfsiz yostiqchalar o‘rnatilgan.