Jaziramadan saqlanish uchun nima qilish kerak?

  • 11:28 / 15.05.2019
  • 57346

Ma'lumki, O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan issiq va quruq havo oqimi kirib kelishi tufayli 3-9 iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab issiq havo kuzatildi, ayrim hududlarda havo harorati 45 daraja issiqni tashkil etdi.

Jazirama issiq ob-havo inson hayotiga xavf tug‘dirish hech gap emas. Bunday vaqtda yurak va qon bosim kasalliklari bilan og‘riganlar, homilador ayollar va bolalar, keksalar har qachongidan ehtiyotroq bo‘lishlari kerak. Xo‘sh, jazirama issiqdan saqlanish uchun nimalar qilish lozim?

Xavfi shundan iboratki,  inson tana harorati 37.1 darajadan ko‘tarilishi,  yoki tana haroratining 38.8 darajaga ko‘tarilib, inson salomatligiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Inson tana haroratining ko‘tarilishi tananing qizarishiga va kuchli chanqoqqa sabab bo‘ladi. Keyinchalik, hushdan ketish, nafas qisishi va yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin.

Jazirama issiqqa tayyorgarlik choralari

Suv zaxirasini yaratish uchun qo‘shimcha idishlarga suv to‘ldirib qo‘ying. Issiq kunga mo‘ljallangan kiyimlarni, elektr maishiy uskunalarni (ventilyator, konditsioner) tayyorlab qo‘ying. Agar siz qishloq joylarda istiqomat qilsangiz, soyabon, shiyponlar, quduqlarlardan, shuningdek derazalar uchun qalin pardalardan foydalaning. Ichimlik suvidan unumli foydalaning.

Jazirama issiq harorat ta'siridan saqlaning. Och rangdagi, havo o‘tkazuvchi (iloji bo‘lsa paxta xomashyosidan) kiyim va bosh kiyimlardan foydalaning.

Shuni unutmangki, kuygan tana qismi sovimaydi va terlamaydi. Shoshmasdan harakatlaning, iloji boricha soya joylarda bo‘lishga harakat qiling. Issiq kunda shifokorlar bilan maslahatlashgan holda qo‘shimcha tuzli mahsulotlar va meva, sabzavotlardan iste'mol qiling.

Jazirama issiq natijasida oftob urganda, zudlik bilan soya joylarda saqlaning, dush qabul qiling yoki shamol bor joyga o‘ting va asta-sekinlik bilan ko‘proq suv iste'mol qiling. Oftob urushidan saqlanish maqsadida  iloji boricha badaningizni sovutishga harakat qiling.

Jazirama issiq kunda yong‘in xavfi kelib chiqishi mumkinligini yodda tuting.

Issiq kunda nima qilish kerak?

Ko‘proq suv ichish. To‘g‘ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini me'yorlashtirishiga qulay sharoitlar tug‘diradi. Issiq kunda suv iste'moli hajmini ko‘paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha, oddiy ichimlik suvini iste'mol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo‘lsa, shifokor tavsiyasiga rioya qilish lozim.

Eng issiq paytda – 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslik va ayniqsa, quyosh tagida yurmaslikga harakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtiringki, bu vaqtda yoki ishda yoki uyda bo‘ling.

Ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga samarali nafas olishga yordam beradi. Suv xona haroratiday bo‘lishi kerak. Muzdek suv bilan yuvinish esa, tana harorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.

Albatta, ochiq suv havzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish taqiqlangan havzalarda cho‘milish qat'iyan man etiladi.

Ertalab va kechqurun ko‘proq harakat qiling. Bunday issiq kunda kam harakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.

Oziqlanish ratsionini o‘zgartiring. Issiq kunda ko‘proq sovuq taomlar iste'mol qiling. Yog‘liq sut va go‘sht mahsulotlarini iste'mol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar mahsulotlaridan voz kechmang. Sutli mahsulotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozimki, rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste'molga yaroqlik muddati o‘tib ketgan mahsulotlarni sotib olmaslik kerak.

Albatta, taomlarni tuz bilan tanovvul qiling, chunki yuqori haroratda, tananing terlashi natijasida ko‘p miqdorda natriy moddasi yo‘qotiladi.

Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikka harakat qiling. Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob urishi asosan bosh qiziganda sodir bo‘ladi.

Bunday issiq kunda, konditsionersiz iloji yo‘q. Ammo kuni bo‘yi konditsioneri bor bo‘lgan xonada bo‘lsangiz ham, shunday joylashingki, undan chiqayotgan sovuq xavo to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizga ta'sir qilmasin.

Teglar