Jyeff Bezos dunyodagi eng boy odam nomini saqlab qoldi

  • 07:21 / 05.03.2019
  • 2710

Amazon rahbari Jyeff Bezos dunyodagi eng boy odam nomini saqlab qoldi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, uning boyligi 19 milliard dollarga oshib, 131 milliard dollarni tashkil etdi.

Aniqlik kiritilishicha, u kelasi yili, rafiqasi Makkenzi Bezoz bilan ajrashganidan so‘ng reytingdagi yetakchi o‘rinni saqlab qolishi bo‘yicha masala hozircha ochiq qolmoqda. Makkenzi ajrim jarayonidan keyin Bezosga tegishli pullarning yarmini olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Forbes dunyoning eng boy ayolini ma'lum qilgandi.

Forbes nashri talqiniga ko‘ra, joriy yilda dunyoning eng boy ayoliga L’Oreal kompaniyasining merosxo‘ri Fransuaza Betankur-Mayyers aylandi. U umumiy reytingda 15-o‘rinni egallagan. Uning boyligi 50 mlrd dollarga baholangan.