Jyeki Channing "Oskar"gacha bosib o‘tgan yo‘li suratlarda

  • 14:10 / 14.11.2016
  • 9299

12 noyabrda jahonga mashhur aktyor, rejissyor, prodyuser va qo‘shiqchi Jyeki Chan kino san'atiga qo‘shgan hissasi uchun faxriy "Oskar" bilan mukofotlandi
"Shuncha jang, singan suyaklardan keyin u nihoyat meniki bo‘ldi", deb aytgan aktyor Los-Anjyelesda o‘tgan taqdirlash marosimida. 

Asl nomi Chan Kong Sung bo‘lgan Jyeki kung-fu jangari filmlari haqida so‘z ketganda birinchi navbatda uning nomi tilga olinadigan, bu janrda ulkan muvaffaqiyatga erisha olgan jahon yulduziga aylandi. 

Ko‘pchilik katta yoshlilar uning "Ajdarho mushti", "Ajdarho yuragi" kabi filmlari bilan videosalonlar urf bo‘lgan zamonlardayoq tanishishga ulgurishgan. 

Keyinchalik tomoshabinlar uning "Tig‘iz soat" kabi filmlarini kinoteatrlarda tomosha qilish baxtiga muyassar bo‘lishgan. 

Aktyorning hisobida hammasi bo‘lib 100 dan ko‘proq filmda ijro etilgan bosh rollar bor. 

Taqdirlash marosimida Chan bilan birga hujjatli filmlar suratga oluvchi rejissyor Frederik Uayzman, montajchi Enn Kouts va kasting-direktor Linn Stalmaster ham faxriy "Oskar" bilan taqdirlanishdi.

Jyeki hozirda ko‘proq Xitoy bozoriga ishlamoqda, Xitoy hukumati esa ko‘rinishicha uning ishlaridan mamnun. Chan haqiqiy mehnatkash. 2015 yilda u ishtirokida "Iz ortidan" va "Maymunlar qiroli" filmlari chiqdi, u "Kung-fu Panda-3" multfilmidagi qahramonlardan biriga ovoz berdi. Hozirda tinib-tinchimas Chan bir nechta loyiha ustida ham aktyor, ham prodyuser sifatida ishlamoqda. 2015 yilda aktyor 61 mln dollar ishlab topdi va bir yil avvalgidek, Forbes reytingida 2-o‘rinni egalladi.

Quyida Jyekining "Oskar"gacha bosib o‘tgan uzun yo‘li qisqacha tarzda suratlarda havola etilgan.

Jyeki Chan o‘ziga topshirilgan faxriy "Oskar" bilan, 2016 yil 12 noyabr

Jyeki Chan Parijda, 1981 yil

Betakror Jyeki Chan 

Jyeki Chan suratga olish maydonchasida

"30 000 000 dollarlik bolakay" (2006) filmidan lavha

Jyeki Chan va model Sindi Krouford Singapurdagi "Gollivud sayyorasi" restoranining ochilishida, 1997 yil

Jyeki Channing Gollivuddagi Shon-sharaf xiyobonida yulduzi ochilishi

"Loyiha A" filmidan lavha (1983)

"Tig‘iz soat" filmidan lavha (1998)

"Tig‘iz soat" filmidan lavha (1998)

Jyeki Chan Gonkongda "Umid" deb nomlangan yelkanli kema palubasida, 2004 yil

Chan Berlinda, 2003 yil

Tinib-tinchimas Jyeki Moskvada

Doimo xushchaqchaq janob Jyeki Chan

Teglar