Jigar “ezilishi”ning sabablari hamda uning oldini olish va davolashning kundalik maslahatlari

  • 11:01 / 19.09.2019
  • 1197

Barchamizga ma’lumki, oʻrtacha 1.4 kg tosh bosuvchi jigar tanada kattaligi jihatidan 2-oʻrinda turadigan muhim aʼzo. Bu jihatdan teri birinchi oʻrinni egallaydi. Jigar organizmning “biokimyoviy laboratoriya” si boʻlib, tanada hazm qilish, moddalar almashinuvi, immunitetni taʼminlash, tanada oziq moddalarni saqlash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Jigar tanadagi toʻqimalarga quvvat va oziqa moddasi yetkazib beradi. Aks holda bu toʻqimalar halok boʻladi.

Quyida jigar faoliyatiga salbiy taʼsir qiluvchi omillarni sanab oʻtamiz

-Juda kech uxlash va ertalab juda kech uygʻonish.
-Peshobni oʻz vaqtida chiqarib yubormaslik.
-Juda koʻp ovqat isteʼmol qilish.
-Nonushta qilmaslik.
-Haddan tashqari koʻp dori-darmon ichish.
-Qoʻshimcha moddalar, ranglangan mahsulotlar, soxta shirinlashtirgichlar isteʼmol qilish.
-Yogʻli ovqatlar isteʼmoli. Imkon qadar ovqatlarni yogʻsiz isteʼmol qilgan maʼqul. Ayniqsa, holdan toyganda, tungi mahalda yogʻli ovqatlarni tanovul qilmang.
-Chala pishgan mahsulotlarni isteʼmol qilish.
-Spirtli ichimliklar isteʼmol qilish.

Shuningdek, quyidagi mahsulotlar jigarni xastaliklardan xalos qiladi: sarimsoq piyoz, apelsin, mandarin, lavlagi va sabzi, koʻk choy, bargli koʻkatlar, olma, zaytun yogʻi, grechka, karam, brokkoli kabi krestgulli sabzavotlar, limon hamda yongʻoqlar.

Maʼlumki jigar bir qancha toksinlarni qayta ishlaydi. Buning uchun unga juda koʻp miqdorda kislorod zarur boʻladi. Agar kislorod yetishmovchiligi yuzaga kelsa, jigarning ishlash faoliyati ogʻirlashadi. Shu sababli, shifobaxsh kislorodli koʻpik ichib turing.

Jigarni tozalashda lavlagi ham yordam beradi. Bir necha lavlagi olinadi va poʻstlogʻi tozalanib, lavlagi ezilib pishgunga qadar uzoq vaqt qaynatiladi. Bu suyuqlikni kuniga bir necha marta ikki hafta davomida ichish lozim boʻladi.

Makkajoʻxorining poʻpilchalarini choy kabi damlab, ikki-uch hafta davomida suv oʻrnida ichish ham jigar faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

Yangi uzilgan sabzavotlardan tayyorlangan turli xil sharbatlar ham jigar faoliyatini yaxshilashga taʼsir koʻrsatadi. Sabzi (210 g), petrushka (60 g), selderey (150 g), bunday usulda tayyorlangan sharbatni har kuni, bir oy davomida och nahorga ichish ham mutaxassislar tomonidan maslahat beriladi.

Shuningdek, yarim stakan tuzlangan karam suvi va yarim stakan pomidor sharbati bilan aralashtirib, uni ham ikki hafta davomida har kuni ovqatdan keyin iste’mol qilish juda foydali deb ta’kidlanadi. 

Teglar