Jigar salomatligini saqlab qolish usuli aniqlandi

  • 10:35 / 04.10.2019
  • 913

Foto: Depositphotos

Vishnevskiy tibbiy jarrohlik markazining xirurg-gepatologi, tibbiyot fanlari doktori Yuriy Kovalenko jigar salomatligini qanday saqlab qolish kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, faol hayot tarzi, meva va sabzavotlar hamda yong‘oqni ko‘proq iste’mol qilish, shuningdek, spirtli ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilishdan bosh tortish va shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilish jigarning sog‘ligini yaxshilashga yordam beradi.

Jigar kasalliklari rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar – virusli infeksiyalar, oziq-ovqat orqali yuqadigan gelmint infeksiyalari va kasallangan uy hayvonlari bilan aloqa qilish, yuqori kaloriyali ovqatlar, ortiqcha vazn, alkogol ichimliklarni iste’mol qilish va giyohvand moddalarni qabul qilish hisoblanadi.

Kovalenkoning ta’kidlashicha, jigar kasalliklari sonining ko‘payishi B va C virusli gepatitga chalingan bemorlarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, giyohvand moddalarni qabul qilish, tatuirovka qilish, qon quyish, organlarni transplantatsiya qilish, kosmetik vositalarni qo‘llash orqali kelib chiqadi.

Avvalroq, shifokor antibiotiklarning qanchalik xavfli ekanligini tushuntirgan edi.