Jiguli haqida ertak: afsonami yoki haqiqat?

  • 16:53 / 01.09.2019
  • 1887

Jiguli Sobiq Ittifoq aholisining xususiy transport vositalariga bo‘lgan yangicha qarashlarini shakllantirgan bo'lib, millionlab sovet fuqarolari uchun haqiqatan ham mashhur avtomashinaga aylandi. Buni 1970-1988-yillar oralig‘ida, deyarli besh million dona “копейка”ning turli modellari ishlab chiqarilganligi ham isbotlaydi. 2000-yilda "За Рулем" jurnali tomonidan Butunrossiya bo'ylab o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, VAZ-2101 XX asrning rus avtomobili deb tan olinganligi bejiz emas.

fiat_124_saloon_4

lada_1200_10

"Jiguli" nomi 1968-yil avgustda "За рулём" jurnali tomonidan e'lon qilingan tanlov tufayli paydo bo'lgan degan taxmin bor. Biroq, VAZ faxriylarining guvohliklariga ko'ra, konstruktor A.M. Cherniy tomonidan taklif etilgan "Jiguli" nomi 1967-yilda zavod direktori V.N. Polyakov tomonidan tasdiqlangan. Keyinchalik FIAT tomonidan kuzovning orqa qismiga dekorativ harflar bilan yozilgan belgini ishlab chiqish taklif qilingan.

fiat_124_2.jpeg

1980-yillarning oxirlariga kelib, VAZ-2101 xalq orasida "копейка" nomi bilan mashhur edi.

 Biroq kundalik hayotda “копейка” atrofida ko'pgina afsonalar yuradi. Ulardan birinchisi — "Rus Fiati" seriyasini ishlab chiqarish boshlanishidan oldin paydo bo'lgan! 
Bugun biz afsonaviy "копейка" tarixidagi faktlarni eslab, haqiqatni afsonalardan ajratishga harakat qilamiz.

1-AFSONA: VAZ-2101 FIAT-124 AVTOMOBILINING AYNAN NUSXASI — AFSONA

lada_1200

VAZ-2101 bir qarshda 1967-yilda Yevropaning eng yaxshi avtomobili deb topilgan Fiat-124 ga aynan o‘xshashdir. Aslida esa italiyalik va sovet mutaxassislari deyarli to'rt yillik hamkorlik davomida original avtomobil dizayniga 800 ga yaqin o'zgarishlar kiritdilar. Buning uchun, albatta yetarli sabablar bor edi.

1966-yilning yozida SSSRga sinov uchun keltirilgan birinchi Fiat-124 namunalari Dmitrov poligonining yo'llaridagi besh ming kilometrlik “marafon”ni muvaffaqiyatli yakunlay olmadi! Turli texnik nosozliklar bilan birga qishning qorli kunlarida yo‘llarga sepilgan qum va tuz avtomashinaning tormoz qismini bir necha yuz kilometr ichidayoq ishdan chiqargan. Bir so‘z bilan aytganda, "to‘liq miqyosli" sinovlarda “italiyalik” avtomobil bunday sharoitga moslashishi kerakligi aniq bo‘ldi.

Bundan tashqari, sovet mutaxassislari italiyaliklar bilan muzokaralarning dastlabki bosqichlarida Fiat-124 dvigatelining o‘rniga o‘zlarining namunalari (OHC sxemasi)ni taqdim qildilar. Natijada, VAZ-2101 zamonaviy dvigatelga, mustahkamlangan korpusga, g‘ildirakning orqa tormoziga va boshqa ko'plab yaxshilanishlarga ega bo'ldi. Buning natijasida kam yoqilg‘i sarflaydigan, uning ustiga ulkan mamlakatning eng yaxshi yo'llarini emas, balki sovuq va injiq iqlim sharoitidagi eng yomon yo‘llarda ham harakatlana oladigan avtomobil modeliga erishildi. Uning dastlabki haydovchilari xursand edilar: rusning sovuq qishida yangi model saloni o'sha davrdagi sovet avtomobillariga qaraganda issiqroq va harakatlanishi ham “ishonchli”roq edi. Yana "Jiguli" dvigateli hatto yigirma darajali sovuqda ham oson va ishonchli ishga tushishi mumkin edi.

Fiat-124 ning OHV sxemasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan dvigateli surati

fiat-124 двигатель

Lada va Fiat o'rtasidagi ikkita asosiy farq – dvigatel dizayni va orqa tormozlarning turi

2-AFSONA: VAZ-2101 BA’ZI QULAYLIKLARI BILAN “MOSKVICH”NI ORTDA QOLDIRDI – HAQIQAT

Москвич и Жигули

O‘sha davrda "Jiguli" bilan birgalikda SSSRda yangi sanoat standartlari paydo bo'la boshladi — yuqori sifatli ehtiyot qismlar va yangi shinalar kundalik hayotga kirib keldi va Sobiq Ittifoq transportida tezlik va qulaylik yangi darajaga ko'tarildi.

“Jiguli”ning ilk modellari ittifoq ko‘chalariga chiqishi bilan foydalanuvchilar tomonidan boshqa bir avtomashina — АЗЛК-412 bilan taqqoslana boshlandi. Ularni o‘zaro taqqoslashlariga sabab hajmi, narxi va maqsadi bo'yicha АЗЛК-412  "копейка"ga ancha yaqin bo'lgan. "Moskvich" ayrim qulayliklari jihatidan "Jiguli"dan pastroq edi, ya’ni uning orqa o'rindig‘i torroq, chunki o‘rindiqning bir qismi g'ildirakning bo‘rtib chiqqanligi hisobiga kamaygan edi. Bundan tashqari, “Moskvich”ning shovqini yuqori va qishda salon ham (ayniqsa, orqa tomondan) "italiyalik"niki kabi issiq emasdi. Va nihoyat, “Lada”ni boshqarish, hatto endi o‘rganayotgan kishi uchun ham oson va uning orqa qismiga o‘rnatilgan osma “prujina”lar “Moskvich”ning “ressor”lariga qaraganda yaxshiroq edi.

vaz_2101__zhiguli__1

Ammo shunga qaramay, “Moskvich” “iste’molchi” sifatida ancha sodda edi - u sifati past moylar va "etmish oltinchi" benzinda ham harakatlanishi mumkin edi. Lada esa yuqori sifatli yoqilg'i va moylash vositalarini - AI-93 yoqilg'isini, "G" rusumidagi zamonaviy motor moyini ishlatishni talab qilardi. Shuningdek, yopiq sovutish tizimidagi suv o'rniga antifrizdan foydalanish kerak bo‘lardi. 

3-AFSONA: VAZ-2101 NING DASTLABKI AVTOMASHINALARI   FIAT’NING EHTIYOT QISMLARIDAN TAYYORLANGAN – AFSONA  
 

fiat_124

"Копейка" chet el litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan birinchi Sovet mashinasi emas. Ammo bu mashina oddiy aholi o'z pullari evaziga sotib olishlari mumkin bo'lgan birinchi "xorijiy mashina" edi. Agar dastlabki yillarda zavodda italiyalik mutaxassislarning bo‘lganligi va ularning doimiy ravishda "texnik qo'llab-quvvatlashi" xotirjamlik bilan qabul qilingan bo'lsa, to'qsoninchi yillarning oxiriga kelib, ya’ni avtoulovlarning narxlari keskin oshib ketganidan so'ng, eksklyuziv avtomobil to'g'risida mish-mishlar — MDH mamlakatlarida yuqoridagi uydirma gaplar tarqala boshlagandi. 

1974-yilga qadar italyalik muhandislar Tolyattidagi ishlab chiqarishlarini qattiq nazorat qilishgan. Dastlabki uchta model (VAZ-2101, VAZ-2102 va VAZ-2103) haqiqatan ham “Fiatchi”larning bevosita ishtirokida yaratilgan bo'lsa-da, "Jiguli"ning keying avlodlari (21011, 2105) mustaqil ravishda ishlab chiqilgan.

Dastlabki uchta VAZ modellari Fiat muhandislari rahbarligida yaratilgan

1970-yilning avgust oyiga kelib, VAZ-2101 ommaviy ishlab chiqarila boshlaganida, SSSRda ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish hali yo'lga qo'yilmagan edi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning dastlabki yillaridagi avtomobillarni chet eldan keltirilgan qismlar bilan jihozlashga majbur bo‘lishgan. Biroq vaqt o'tishi bilan xorijiy ishlab chiqaruvchilarning tarkibiy qismi sezilarli darajada kamaydi – ular asosan eksport uchun mo'ljallangan Lada avtomobillari ustida ish olib borishgan.

Oldingi “bamper”ning uchburchak shakliga e'tibor bering - Italiyadan olib kelingan Fiat qismlari shunday ko'rinishga ega.

4-AFSONA: VAZ-2101 GA XORIJDA HAM QIZIQISH KATTA EDI – HAQIQAT

lada_1200 праворульная

VAZ ni ommaviylashtirishdan ko‘zlangan bir necha maqsad bor edi. Ulardan biri Lada avtomobilining seriyali ishlab chiqarishi bilan eksport qilish hisobiga xazinaga xorijiy valyuta tushirish edi. Yangi "Jiguli" tashqi bozorda munosib ishtirok etishi uchun qariyb o'nlab turli xil tekshiruvlardan o'tkazildi, bu hatto kichik detallarning yig'ilishidagi kamchiliklarni ham aniqlash imkonini berdi.

Fiat-124S tashqi ko‘rinishi bilan VAZ-21011 ga o'xshash edi. Qizig'i shundaki, Italiyadagi ushbu "kechikkan" Fiat SSSRda qayta modernizatsiya qilingan yangi "копейка"ning ishlab chiqarilishi bilan o‘z konveyerini to'xtatdi.

Natijada sovet avtomobillarining eksporti rekord darajada o'sishni boshladi: agar 1971-yilda xorijga 150 mingta avtomobil yetkazib berilgan bo'lsa, 1975-yilga kelib bu ko'rsatkich yiliga 300 mingtaga yetdi! Ushbu natijaga, nafaqat Sharqiy va G'arbiy Yevropa mamlakatlariga, balki Kanada, Yangi Zelandiya, shuningdek, Lotin Amerikasining ayrim mamlakatlari – Boliviya, Panama, Peru va Urugvayga yetkazib berilgan “Jiguli”ning ilk modeli hisobiga erishilgandi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaga o'ng qo'l boshqaruvli Lada-1200 (eksport uchun mo'ljallangan VAZ-2101) yetkazib berildi.

5-AFSONA: VAZ-2101 90-YILLARGACHA ALOHIDA PARTIYADA ISHLAB CHIQARILGAN – AFSONA

lada_1300

Lada’ning birinchi modelini yig'ish liniyasi 13 yil – 1983-yilgacha davom etgan. 1974-yildan 1981-yilgacha esa VAZ-21011 modifikatsiyasi ishlab chiqarildi, bu dastlabki namunadan kuzovi va 1,3 litr sig‘imli dvigatelining kuchliligi bilan ajralib turadi. Keyinchalik, "nol-o‘n bir" VAZ-2105 bilan almashtirildi. 

VAZ-21011 ilk "копейка"dan tashqi bezak elementlari bilan ajralib turardi

Shunga qaramay, SSSR parchalanguniga qadar (va undan keyin ham), Tolyattida vaqti-vaqti bilan qismlarning qoldiqlaridan kichik "копейка"lar ishlab chiqarilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Bunga 1990-1991-yillarda VAZ-2106 rusumidagi partiya uchun ba'zi "arzon" g'ildirak qopqoqlarining bozorlarda paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi.

Aslida, VAZ-2101 (aniqrog'i, 21013) ishlab chiqarilishi 1988-yilda to'xtatilgan, chunki o'sha paytga kelib ushbu model hatto Sovet standartlari bo'yicha ham juda eskirgan va boshqa "Jiguli" modellari bilan, xususan, zamonaviy "nol-besh" bilan almashtirilgan edi.

Kamchiliklarga va hatto dizayn xususiyatlariga qaramay, 70-yillarda Sovet Ittifoqining millionlab fuqarolari uchun Lada haqiqiy orzuga aylangandi. Va ishlab chiqarish boshlanganidan deyarli yarim asr o'tganidan so‘ng ham, old yoritgichlarining dumaloq shakli hali-hanuz o‘zining ta'sirchan va sodda ifodasi bilan hurmatga sazovor. 

Bu tarixni yodga olish — bir vaqtlar xuddi shu mashinani birinchi marta haydaganlarning yuzlarida iliq tabassum paydo qiladi. Nafaqat ilk haydovchlar, balki o‘sha paytda ushbu mashinada tug‘ruqxonadan olib chiqilganlar ham bu xotira bilan doimo faxrlanib yurishadi.
Naqadar ajoyib!