Jirafalar bilan nonushta qilinadigan noodatiy mehmonxona qayerda?

  • 09:04 / 23.09.2021
  • 103

Giraffe Manor nomli bu g‘aroyib va juda chiroyli mehmonxona Keniyada joylashgan. Ovchilarning uylariga o‘xshatib qurilgan hashamatli majmua 12 gektar maydonni egallagan. U 30-yillarda qurilgan bo‘lib, o‘sha davr ruhini yaqqol ifodalaydi.

 

Besh yulduzli mehmonxonaning o‘ziga xos tomoni shundaki, u jirafalar yashaydigan qo‘riqxonaning bir qismi hisoblanadi. 

Bu yerda yo‘qolib borayotgan jirafalarning Rotshild turi bilan nonushta qilish mumkin. 

Ko‘pchilik sayohatchilarga ushbu joy atmosferasi shunchalik yoqib qolganidan, qayta va qayta kelaverishadi. Ba’zilar uzoq muddatga qolib ketadi. 

Qo‘riqxonada nafaqat jirafalar, balki antilopalar, genalar va qariyb ikki yuz turdagi qushlar ham yashaydi.