Jirinovskiydan “maslahat”: oq Amerika va qora Amerika

  • 15:37 / 16.06.2020
  • 1595

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy AQShda avj olgan irqchilikka qarshi kurash muammosiga munosabat bildirdi

U hozirda AQSh ikki bo‘lakka bo‘linganini, bu ziddiyat bartaraf etilmasa, ularni yarashtirish qiyinlashib boraverishi haqida aytar ekan, quyidagicha “maslahat” bergan:
 
“Siz ikkita Amerika yaratishingiz kerak – qora va oq. Buning uchun ikki yoki uchta shtatni qora tanli amerikaliklarga topshiring. Masalan, shimolga Kanadaga yaqinroq hududlarni. 

U yerda ular tinchlikda yashashlari mumkin. O‘zining qora politsiyasi, qora tanli shifokorlar, qora o‘qituvchilar bo‘ladi va ular oqlar bilan to‘qnashmaydi.”, – deb yozadi Jirinovskiy.

Amerikalik hamkasblariga murojaat qilar ekan, ular oldida turgan ikkinchi masalani ham eslatib o‘tadi: Afrikaga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan barcha qora tanlilarga yordam berish. 

“Sharqiy Afrika ingliz tilida so‘zlashadi, ularga yaxshi ish, uy-joy beriladi. Bu ular uchun tarixiy vatanlariga qaytish bo‘ladi, o‘z yerida hukmronlik qiladi, hech kim ularni qora ekani uchun ayblamaydi”, – deya so‘zlarini yakunlaydi siyosatchi.

Teglar