Jizzaxda er Telegram’dagi yozishmalar sabab xotinini o‘ldirib qo‘ydi

  • 15:55 / 03.04.2021
  • 67

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi umumta’lim maktabida direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan 35 yoshli H.M. joriy yilning 31-mart kuni turmush o‘rtog‘ining joniga qasd qilgan.

Aniqlanishicha, bunga H.M turmush o‘rtog‘i M.M.ning telegramdagi yozishmalarini o‘qib qolishi sabab bo‘lgan.

Janjal oqibatida H.M yashash xonadoni mehmonxonasida o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘i bilan M.M.ning chap bo‘yin sohasiga ikki marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi M.M. “bo‘yin sohasida  sanchilib-kesilgan tan jarohatidan ko‘p qon ketishi” sababli vafot etgani haqida xulosa bergan.

Hozirda Do‘stlik tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishining olib borilishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.