Jizzaxda “Oltin kuz – 2019” agroturistik festival boshlandi

  • 11:23 / 08.11.2019
  • 193

Foto: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

Jizzax viloyatining turistik imkoniyatlarini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Oltin kuz – 2019” agrofestivalida O‘zbekistonning barcha hududlari va qo‘shni davlatlar turoperatorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Bu haqida O‘zA xabar bermoqda.

Festivalning birinchi kuni ishtirokchilar davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 102 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etib, uning uy muzeyi bilan tanishdi. Hamid Olimjon Zulfiya muzeylariga tashrif buyurdi.

Festival tadbirlari doirasida shaharning markaziy ko‘chasi bo‘ylab tashkil qilingan qadim savdogarlar va sayyohlar ko‘rinishidagi “Buyuk ipak yo‘li karvoni Jizzax bo‘ylab” yurishi bo‘ldi. 

Festivalning navbatdagi tadbirlari O‘rda ekologik bog‘ida davom etdi. Bog‘da barcha tumanlardagi mirishkor dehqonlar xamda bog‘bon fermerlar tomonidan o‘zlari etishtirgan mahsulotlarning yarmarkasi tashkil etildi. 

24.JPG

Bog‘da o‘rnatilgan panno va boshqa ko‘rgazmali vositalar orqali Jizzaxning tarixi, buguni, tabiati, iqlimi, madaniyati haqida barcha ma’lumotlar namoyish etildi.

Bog‘dagi amfiteatrda viloyat badiiy jamoalari, folklor-etnografik ansambllarining konsert dasturlaridagi o‘ziga xos xalq og‘zaki ijodi namunalari ijrosi, udum va an’analardan sahnalashtirilgan ko‘rinishlar namoyish etildi. 

26.JPG

Festival dasturiga ko‘ra agroturizm tadbirlari Baxmal va Zomin tumanida davom etadi. 

4.JPG

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Jizzax viloyatida 33 ta mehmonxona, 1 motel, 45 ta oilaviy mehmonxona uylari va 2 ta kemping xorijiy va mahalliy sayyohlarga xizmat qiladi.