"Qalblarga kirib boradigan 10 ta jonli ijro"

  • 10:57 / 10.09.2019
  • 1046

Yuraklarni larzaga keltiruvchi yaxshi qo‘shiqlar juda ko‘p. Bugun sizga ulardan 10 ta eng yaxshilarini havola qilamiz.

Andrea Bocelli – Melodramma

Italiyalik mashhur tenor Andrea Bocelli “Melodramma” taronasini o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ida bergan konsertida kuylagan. Xonanda O‘zbekistonda ham konsert berishga ulgurgan. Uning “Bellissime Stelle“sini ham jonli ijroda eshitib ko‘rishni tavsiya qilamiz.

Bebe – Siempre me quedará

Ispan tilida kuylovchi xonanda Bebe katta mashhurlikka erishgan. U ijro etgan jonli qo‘shiqlar tinglovchining yurak-yuragiga yetib boradi. “Siempre me quedará” – ispanlarning “Kokain” filmi soundtrek sifatida ishlatilgan va tarona juda mashhur bo‘lib ketgan. Bebe’ning ijrosi sizga yoqqan bo‘lsa, u juda ko‘p qo‘shiqlarini jonli ijroda kuylab, Instagram’dagi sahifasida joylaydi.

Adele – Lovesong

Adele’ning Londondagi “The Royal Albert Hall” saroyida ijro etgan har bir taronasi jozibali. Muhabbat haqidagi “Lovesong” ular ichida ajralib turadi. Qo‘shiqda gitara va tovushdan boshqa “hech nima yo‘q”!

Alicia Keys – In Common

Alicia Keys ijro etgan go‘zal taronalar juda ko‘p. Ayniqsa, “Storytellers” jonli konsertida har bir tarona yurakdan va haqiqiy mahorat bilan kuylangan. Afsuski “Storytellers”ni YouTube videohostingidan topishning imkoni yo‘q. Diskni musiqa do‘konlaridan sotib olish mumkin.

Céline Dion – My heart will go on

Celine Dion’ning ushbu taronasi “Titanic” filmida soundtrek sifatida ishlatilgan. Uni jonli ijroda ham bir eshitib ko‘ring.

Michael Jackson – Heal The World

Pop musiqa qirolining sokin ashulalari juda ko‘p. Ular orasida dunyoni asrab qolish targ‘ib qilingan “Heal the World” o‘zgacha. 1992-yilda Buxarestdagi konsertda ijro etilgan ushbu qo‘shiq juda ta’sirli. Sahnada turli millat vakillaridan iborat bolalar chiqish qiladi va yer shari atrofida aylanishadi.

Maroon 5 – She Will Be Loved

10 yilcha avval aytilgan “She Will Be Loved” hanuzgacha kuylanadi va tinglanadi. Maroon 5’ni butun dunyoda faol tinglashadi. Siz ham uni “Sugar” taronasini bilsangiz kerak.

Elisa – Dancing

Elisa – italiyalik mashhur pop xonanda. “Dancing” taronasini u Andrea Bochellining Taskanidagi konserti jarayonida chiqib kuylagan. Uning Bochelli bilan kuylagan “La Voce Del Silenzio” qo‘shig‘i ham juda go‘zal.

Lara Fabian – Si tu m’aimes

Lara Fabianning biz bilgan “Je Teme” taronasidan boshqa juda ko‘p yaxshi qo‘shiqlari ham bor. “Si tu m’aimes” qo‘shig‘ining portugal tilida kuylangan vaarianti ham bor. Lekin bunisi o‘zgacha.

Ixtiyor RAHMON tayyorladi

Teglar