JSST: Koronavirus pandemiyasi grippga qarshi kurash dasturiga salbiy ta’sir qildi 

  • 12:51 / 16.06.2020
  • 1062

 Koronavirus pandemiyasi grippga qarshi kurash dasturiga salbiy ta’sir qildi, deya so‘zladi Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus. Uning so‘zlariga ko‘ra, grippni nazorat qilish ayrim mamlakatlarda pasaygan, ayrimlarida esa qisqartirilgan.  

Tedros Gebreyesus, JSST bosh direktori: “COVID-19 pandemiyasi tufayli gripp virusi borasidagi axborot almashinuvi keskin qisqarganligi kuzatilmoqda. Keyingi uch yil bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, butun dunyo bo‘ylab tekshiriladigan gripp namunalari bu yil keskin kamaygani ko‘zga tashlanadi”.

JSST Bosh direktori bunga bir necha omil sabab bo‘lganini qo‘shimcha qildi. Ular orasida xodimlarning boshqa yo‘nalishga ixtisoslashgani, mamlakatlar aro tajriba almashish kamaygani, laboratoriyalarning haddan ziyod katta yuklama bilan ishlayotgani ham aytib o‘tilgan. Shuningdek, JSST bosh direktori, grippga qarshi kurash dasturining qisqartirilishi “aniqlash va pandemiyaga asos bo‘lish ehtimoli bor yangi virus haqida xabar berish” usullarining yo‘qolishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.