"Jumavoy" odamlar orasiga qaytarildi

  • 14:50 / 27.06.2018
  • 27403

Deyarli 30 yil davomida Sotobonari orolida yolg‘izlikda yashagan yaponiyalikni sivilizatsiyaga qaytishga majbur qilishdi. News.com.au shu haqida xabar berdi.

Hozirda 82 yoshda bo‘lgan yaponiyalik "Jumavoy" Masafumi Nagasaki orolda suv quvuri, uyali aloqa, yorituvchi jihozlar va kiyim-kechaklarsiz yashab kelgan.

Foto: News.com.au

Hukumat vakillari erkakni orolni tark etib, shifoxonaga yo‘llashlaridan biroz oldin u hech qachon oroldan ketmasligini aytgan.

"Men bu yerdan ketishni istamayman. Men orolni himoya qilaman. Orolni himoyalash uchun hayotimni xavf ostiga qo‘yishga tayyorman. Bunday jannatmakon joyni hech qayerdan topa olmayman", - deydi u.

Foto: News.com.au

Nagasaki 30 yil davomida biror marta qayg‘uga botmaganini ta'kidladi. "Agar bu kabi hissiyotlarga berilganimda omon qolmagan bo‘lardim. Bu yerda hamma narsa haqqoniy", - deya izoh berdi u. 

Foto: News.com.au
Foto: News.com.au
Foto: News.com.au

Nagasakining o‘tmishi haqida ko‘p narsa ma'lum emas. Serezo uning oilali bo‘lgani va ehtimol farzandlari ham borligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi, biroq "Jumavoy" tafsilotlarga berilmagan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, "atrof-muhitning misli ko‘rilmagan ko‘lamda ifloslanishi uni shu orolga boshlagan". Dastlab u bu orolda 1-2 yil yashashni rejalashtirgan, biroq bu muddat deyarli 30 yilgacha cho‘zilgan. 

Foto: News.com.au

"Orolda menga hech kim buyruq bera olmaydi. Men tabiat qonunlariga ko‘ra yashayman. Siz tabiat ustidan hukmronlik qila olmaysiz, shuning uchun unga to‘liq bo‘ysunishing kerak", - deydi u.