Jurnalist va yozuvchilarga tavsiyalar

  • 15:51 / 04.04.2015
  • 4471

Pulitser mukofoti — jurnalist va yozuvchilarga beriladigan eng nomdor mukofotlardan biridir. Biz qalam sohiblari yoki shunchaki yozishni sevuvchilar uchun turli yillarda Pulitser mukofotini qo‘lga kiritgan laureatlarning intervyularidan foydali bo‘lgan iqtibos va maslahatlarini taqdim qilamiz.

Pulitser mukofotini qo‘lga kiritgan jurnalist, yozuvchi yoki musiqachilarga 10 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti ham beriladi. Ammo sovrinning o‘zi shunchalik sharafga egaki, laureatlar pul miqdoriga unchalik ahamiyat berishmaydi.

Pulitser mukofotini turli yillarda Li Xarper ("Mazaxchini o‘ldiring" asari muallifi), Ernest Xeminguey va shoir Karl Sendberg ham qo‘lga kiritishgan.

Mukofot adabiyot sohasida eng yaxshi dramatik asarlar, biografiyalar, she'r va badiiy asarlar uchun beriladi. Ba'zi jurnalistlar bo‘lsa mukofot sohibi bo‘lish uchun bir necha bor turli urushlarni yoritib, sensatsiyali voqealarni qidirib, hayotlari uchun xavfli ishlarni bajarishgacha borishgan.

Mukofot sohiblari o‘z intervyularida qanday qilib omadga erishganliklari, ijodiy jarayon qanday kechgani va qanday qilib ijodkor inqirozini yengib o‘tish kerakligi to‘g‘risidagi maslahatlar bilan o‘rtoqlashganlar.

 

Jyennifer Igan

Igan mukofotni 2011 yilda “Vaqt oxirida tark etadi” nomli romani uchun qo‘lga kiritgan. U o‘z intervyusida ilhom uchun unga nima kerakligi to‘g‘risida ko‘p bora to‘xtalgan. Xo‘sh unga ilhom kelishi uchun nimalar kerak ekan?! Unchalik ko‘p narsa emas.

“Hikoyamni boshlab olish uchun menga faqat vaqt, qulay joy, shuningdek, ko‘tarmoqchi bo‘lgan muammoimni aniq bilishim kerak.” – deydi u.

Iganning so‘zlariga ko‘ra, ijodda eng asosiysi – unga bor vujudingni berish va asta-sekin oldinga harakatlanish. U o‘zini samarali ish qiladigan yozuvchi deb hisoblamasa-da, kuniga 5-7 sahifa sifatli matnni yozadi.

Ko‘plab yozuvchilar cingari Igan ham bir nechta qoralamalar qiladi. Odatda uch yoki to‘rtta. Har bir qoralamani muharrirga tayyor holda berish uchun kamida 20 marta qayta ko‘chiradi.

Bill Dedman

Dedman Atlantada irqiy kamsitish bo‘yicha olib borgan jurnalistik tadqiqoti uchun 1989 yilda Pulitser mukofotini olgan. Uning tadqiqoti Atlantada ushbu muammoni hal qilish bo‘yicha muhim ishlar qilinishiga sabab bo‘ldi. U jurnalist va yozuvchilarni atroflaridagi dunyoni tadqiq qilishga chorladi:

Boshqa bir insonning ishiga baho berish yoki uni o‘zlashtirib olish – bu juda oddiy. Aksincha, siz atrofingizda kechayotgan voqealarni, insonlarni kuzatib faqat sizniki bo‘lgan nimanidir yaratishga harakat qiling.

Dedman ma'lumotlarni tartiblash va ular bilan qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni Microsoft Excel dasturida bajaradi. Undan namuna olish kerakmikin dersiz? Dedmanning eski maktab jurnalistlaridan ekanligini e'tiborga oling. Shunday ekan, uning odatlaridan foydalanish zarar qilmaydi.

Xotirangizga balki kitoblarini yozish uchun DOS operativ tizimli eski kompyuterdan foydalangan hali 80-yillardayoq mashhur bo‘lgan Jorj Martin kelgandir.

Adam Goldberg

Mukofot Goldbergga Nyu-York politsiya boshqarmasining 11 cyentyabr terrorchilik hujumidan keyin musulmonlarga qilgan munosabati yuzasigan olib brogan tadqiqoti uchun berilgan. Uning fikricha, har qanday jurnalist uchun muhim sifat – bu dovyuraklik.

Omadli jurnalist bo‘lishni istaysizmi? Unda yarim kuchingiz qo‘rqmas bo‘lishga sarflanadi. Tadqiqotim davomida nimalarni boshdan kechirganimni aytishga hatto til ojiz.

Jyeyson Zep

Zep mukofotni yaqinda, 2014 yilda Osiyo mamlakatlaridagi jurnalistik faoliyati uchun qo‘lga kiritgan. Yangi-yangi insonlar bilan doimiy tanishuvini va dunyo bo‘ylab sayohatini faoliyatining eng qimmatli jihati, deya ta'kidladi u.

Hech qachon siz shug‘ullanayotgan tarix hech nimaga arzimaydi, deb o‘ylamang. Mavzuni kengroq ochishga va iloji boricha chuqurroq qazishga harakat qiling.